Fransiya poytaxti Parij şahridagi Yelisey maydonlari yaqinida qurollangan şaxs politsiya xodimlarini otib taşladi. Natijada bir politsiyaçi halok böldi, yana ikki nafari jarohat oldi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, ikkinçi huquq-tartibot xodimi ham hayotdan köz yumgan. Hujum qiluvçilardan biri kuç tuzilmasi xodimlari tomonidan öldirildi, boşqasi esa yaşirinişga muvaffaq böldi, u ayni vaqtda qidirilmoqda. Hodisa joyi örab olingan.

Hodisa keça keçki payt röy bergan. Fransiya IIV rasmiy vakili Per-Anri Brandening xabar berişiça, jinoyatçi huquq-tartibot organlari xodimlarini aniq nişonga olişga harakat qilgan.

«Hujum qiluvçi patrul xizmati ekipaji maşinasi yoniga kelgan, avtomobildan tuşgan va politsiya xodimlarini öqqa tutgan. Şundan söng u yaşirinişga harakat qildi, biroq yöq qilindi», - deya IIV vakili sözlarini keltiradi TASS.

Bundan taşqari, politsiyaning xabar berişiça, hujum qiluvçilar ikki kişi bölgan. Ikkinçi jinoyatçi haqida rasmiy ma'lumot hozirça yöq. BFM-TV telekanalining xabar berişiça, ikkinçi jinoyatçi Yelisey maydonlari hududidagi yer osti avtomobil turargohlaridan birida yaşiringan bölişi mumkin. Taxminlarga köra, hujum qiluvçi şaxsning hamtovoği Parijga Belgiyadan kelgan. 

Bundan taşqari, hujum qilgan şaxs öz rejalari haqida avvalroq Telegram messenjerida ogohlantirgani haqida ma'lumot ham paydo böldi. Hukumat fuqarolarga Yelisey maydonlariga yaqin vaqt içida bormaslikni tavsiya qildi. 

Assoşieyted Press’ning öz manbalariga asosan xabar berişiça, hujum qilganning şaxsi aniqlangan. U 39 yoşda bölgan. Agentlik ma'lumotiga köra, politsiya uning Şel şahridagi uyida tintuv ötkazmoqda. Manba ma'lumotiga köra, hujum qiluvçining ismi Karim Şofi.

Biroq Frans Press agentligi hujum qilgan şaxsning ismi Abu Yusuf al Beljiki ("Belgiyalik") bölişi mumkinligini ham ma'lum qilgan.

Parij şahri prokurori Fransua Molens hujum qilgan şaxsni terrorçi, deb atadi. “Keçki soat 20.50da qurollangan şaxs politsiyaçilarga qarata öt oçdi, natijada bir kişi halok böldi va ikki inson yaralandi. Terrorçi yöq qilindi”, - deya ma'lum qildi Molens.

Prokuror ham erkakning şaxsi aniqlanganini ta'kidlab ötdi, biroq u haqda heç qanday batafsil ma'lumotlarni keltirmadi. Şuningdek, u tergov jinoyatçining şeriklari bölgani yuzasidan tekşiruv işlarini olib borayotganini xabar qildi.