AQŞ mudofaa ma'muriyati – Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning fikriça, KXDRning Qöşma Ştatlarga nisbatan bildirayotgan tahdidlari işoniş kerak emas. U Isroil mudofaa mahkamasi rahbari Avigdor Liberman bilan ötkazgan muzokaralaridan söng, şunday bayonot berdi. 

"KXDRga kelsak, öylaymanki, biz ularning bayonotlarini bir neça marta eşitdik, ularning sözlari haqiqatga mos kelmaydigandek körinadi", - degan u. 

20 aprel kuni Şimoliy Koreya OAV "AQŞning, nafaqat, Janubiy Koreyadagi imperialistik bosqinçi kuçlarini, balki Amerikaning özidagi quçlarining kulini kökka sovuradigan zarba berilişi" haqida jar solgan edi. 

Pxenyan 16 aprel kuni yana bir raketa sinovini ötkazişga uringan, biroq u muvaffaqiyatsizlikka uçragan. AQŞ qurolli kuçlariga köra, raketa uçirilganidan köp ötmay, portlab ketgan.