Time jurnali dunyoning eng nufuzli 100 kişisi reytingini taqdim etdi. Jurnal röyxatni bir neça turkumga ajratdi - "Titanlar", "Novatorlar", "San'at arboblari", "Yetakçilar" va "Kumirlar".
"Yetakçilar" qatorida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQŞ prezidenti Donald Tramp, Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte, Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdöğan, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, WikiLeaks portali asosçisi Julian Assanj, XXR raisi Si Tszinpin, Microsoft kompaniyasi asosçisi Bill Geytsning ayoli Melinda Geyts, Rim papasi Frantsisk, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey, Hindiston boş vaziri Narendra Modi, Eron generali Qosim Sulaymon, Oq uy ma'muriyati rahbari Rayns Pribus, AQŞ prezidentining strategik masalalar böyiça maslahatçisi Stiven Bennon, Amerika senatidagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis, Federal razvedka xizmati direktori Jyeyms Komi va boşqa siyosatçilar nomlari qayd etilgan.
Time "Titanlar" röyxatiga işbilarmonlar Deniel Ek va Evan Şpigel, Amerika Federal rezerv tizimi rahbari Jannet Yyellen, basketbolçi Lebron Jyeyms va Amazon.com onlayn-dökoni asosçisi Jyeff Bezos kabilarni kiritgan.
"Novatorlar" turkumidan AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning turmuş örtoği Jared Kuşner, amerikalik aktrisa Konstans Vu va boşqalar örin olgan.
"San'at arboblari" orasida jurnal qöşiqçi Alişa Kiz, ssenariynavis Barri Jyenkins, aktrisa va qöşiqçi Demi Lovato, qöşiqçi Ed Şiran, aktrisa Emma Stoun va boşqalar nomi keltirilgan.
"Kumirlar" qatorida yozuvçi Margaret Etvud, Amerika futboli öyinçisi Kolin Kapernik va "Oq dubulğalar" taşkiloti yetakçisi Rayyod As-Solih nomlarini köriş mumkin.












