Mana kunlar ham isib, Özbekistonimiz yanada gözallaşib bormoqda. Bunday kezlarda könglimiz sokin, gözal maskanlarga borib dam olişni tusab qoladi. My Day "Sirli Özbekiston" jamoasi bilan hamkorlikda dam oliş kunlarida hordiq çiqariş uçun eng maqbul bölgan maskanlar röyxatini taqdim etdi.

 

1. Urungaç nefrit köllari

Ugam-Çotqol milliy parki hududi özining şaffof köllari va sölim daraxtlari bilan ajoyib tabiiy manzara kaşf qiladi. Urungaç nefrit köllari milliy parkning gavhari hisoblanadi. Urungaçning quyi va yuqori köllari böylab sayohat qilar ekansiz, tiniq suvlarda suziş, töğongaça sayr qiliş va yuqori köl suvlarida aks etuvçi qoyalar bilan tanişiş mumkin.

Şahargaça bölgan masofa: 150 kilometr

Sayohat neça pulga tuşadi: agar siz poytaxt taksi xizmatlaridan foydalanmoqçi bölsangiz, boriş va qaytiş taxminan 386 000 sömga tuşadi.

 

2. Ispay darasi

Ispaysoy Qorabuloq postidan ötganda joylaşgan. Bu yerda Ispay daryosining suvida zavq olib çömiliş mumkin. Mahalliy aholi mehmonxona uylariga joylaşiş, şuningdek şarşaragaça otda sayr qilişni taklif qiladi.

Pskem tizmasidagi muzliklar va toğ yöllarining köpligi bu hududni toğ turizmi uçun qulay qiladi.

Şahargaça bölgan masofa: 130 kilometr