Xitoyda 3 kun yer ostida qolib ketgan konçilar qutqarildilar. Şensi viloyatidagi şaxtaning bir qismi tösatdan suv ostida qolişi sababli 6 konçi şaxta içida qolib ketdilar. Biroq ularni darhol qutqarişning iloji bölmagan.

Qutqaruvçilar 22 aprel soat 10.00da konçilarni sirtga çiqara oldilar. Konçilarning barçasi huşida bölgan va yaqin oradaga şifoxonaga yetkazilganlar. Ularning ahvoli barqaror deya baholangan. 

Hozir hukumat voqeani tergov qiliş bilan şuğullanmoqda. Ta'kidlaş joizki, Xitoy toğ-kon sanoati dunyodagi eng xavflilaridan biri hisoblanadi. Konlarda har yili minglab odamlar halok böladi. Oxirgi yillarda xavfsizlikni kuçaytiriş böyiça faol işlar olib borilmoqda.