Oq uyda AQŞ prezidenti Donald Tramp va BMT boş kotibi Antoniu Guterriş örtasida ilk uçraşuv bölib ötdi.
BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga muzokaralar sermazmun ötganini ma'lum qildi.
"Boş kotib va prezident yaqin orada yana uçraşişga kelişib oldilar. Boş kotibning fikriça, Tramp BMT va AQŞ örtasidagi hamkorlikni mazmunli muhokama qilgan", deb aytdi Dyujarrik.
Dyujarrik muzokaralar "10-15 daqiqa" davom etganini aytgan, biroq yetakçilar qanday mavzularda suhbatlaşişganini ma'lum qilmagan.
Ayni vaqtda Guterriş Vaşingtonda rasmiy safar bilan qolmoqda. Guterriş Tramp bilan uçraşişdan oldin uning milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Gerbert Makmaster bilan uçraşgan.












