KXDR tinçliksevar davlat, biroq AQŞ tahdididan himoyalaniş uçun keskin çoralarni ham körişi mumkin. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi Şimoliy Koreya TIV vakillari bayonotiga asosan xabar bermoqda.
"KXDRning eng katta xohişi – bu AQŞ özining adovatli siyosatini davom ettirsa, oxirigaça borişdir. KXDR armiyasi hozirning özidanoq javob çoralari sifatida kutilmagan ogohlantiruvçi zarbalar va boşqa uslublar bölişini belgilab oldi", - deyiladi xabarda.
Bayonotda ta'kidlanişiça, Pxenyan “total uruşga keng qamrovli uruş bilan”, “yadro uruşiga esa yadro zarbalari” bilan javob qaytaradi, ammo bu “juda dahşatli qarama-qarşilikda” albatta ğolib çiqadi. "KXDR tinçliksevar sotsialistik davlatdir, biroq uruşdan qörqmaydi va undan qoçişga ham harakat qilmaydi", - deya qöşimça qilib ötişgan şimoliy koreyalik diplomatlar.
Ötgan dam oliş kunlari Janubiy Koreya qurolli kuçlarining ştablar boşliqlari birlaşgan qömitasi KXDR Xamgyon-Namdo viloyatining Sinpxo uyezdida muvaffaqiyatsiz raketa uçirganini xabar berdi. Raketa turi hozirça noma'lum, biroq ekspertlar taxminiça, bu örta masofalarga möljallangan KN-15 ballistik raketasi bölişi mumkin.
Yaponiya hukumati raketa uçirilganidan söng boş vazir kotibiyati qoşida maxsus ştabni taşkil etgan bölsa, Janubiy Koreya hukumati milliy xavfsizlik Kengaşi doimiy qömitasining favqulodda yiğilişini çaqirdi.












