Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Surbet" musicha Nadal ishtirokidagi tennis uchrashuvi borishiga xalaqit qildi
Monte-Karloda tennischilar Rafael Nadal va Kayl Edmand o‘rtasida kechgan uchrashuvda kulgili vaziyat yuz berdi: kortda musicha paydo bo‘lib, uchrashuvning bir necha daqiqa to‘xtashiga sabab bo‘ldi.
Musicha uchrashuvning 3-setida o‘rtadan tortilgan to‘rning bir chekkasidan qo‘nim topib, u yerdan o‘z xohishicha ketishni istamagan. Shunda to‘pni uzatib beruvchi bola uni quvib yuborishga uringan. Biroq "surbet" musicha kortni tark etishni istamagan. U nariga uchib, oz fursatdan keyin yana kortga qaytib uchrashuvni davom ettirishga xalaqit qilgan. Shunda vaziyatga tennischilarning o‘zlari aralashib, musichani chetga quvib yuborishgan.
Uchrashuv esa Nadalning 6:0, 5:7, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Mavzuga oid
08:45 / 08.06.2026
Rolan Garros–2026: Zverev tarixiy g‘alabaga erishdi
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
01:22 / 19.01.2026
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
11:48 / 15.12.2025