10-20 aprel kunlari Namangan şahrida Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari işçi guruhlarining uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

«Uçraşuv doirasida Özbekiston Respublikasining Namangan va Farğona viloyatlari bilan Qirğiziston Respublikasining Batken va Jalolobod viloyatlari tutaşgan hududlardagi Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasining alohida uçastkalarida qöşma dala tekşiruvlari va topografik yer tuziş işlari olib borildi», — deyilgan xabarda.

Ta'kidlanişiça, muzokaralar yakuni böyiça uçraşuv bayonoti imzolangan.

Uçraşuv an'anaviy döstona va özaro tuşuniş muhitida bölib ötgani qayd etilgan.