Jigar  — inson tanasining muhim içki a'zosi bölib, kasalliklarga moyil organ hisoblanadi. 19 aprelda nişonlangan Butunjahon jigar kuni munosabati bilan biz uşbu muhim organning kasallaniş sabablari, xastalik alomatlari va ularning oldini oliş çoralari xususida bilib olganimiz maqsadga muvofiqdir. 

Jigar insonning kattaligi jihatidan ikkinçi eng yirik içki organidir. U ovqat hazm qiliş tizimida muhim örin tutadi. Biz iste'mol qilayotgan barça narsa, hatto dori-darmonlar ham jigar orqali ötadi. 

U infeksiyalarga qarşi kuraşadi, qondagi qand miqdorini me'yorlaştiradi, zaharli moddalarni yöqotadi, xolesterinni nazorat qiladi, oqsillar, ovqat hazm qilişda yordam beradigan öt suyuqligini işlab çiqadi. Inson jigarsiz yaşay olmaydi, ammo hayot uçun muhim bölgan organni, ehtiyot çoralari körilmasa, osonlik bilan zararlaş mumkin. 

Şu örinda ta'kidlaş joizki, jigarning zararlanganini bildiruvçi alomatlar juda keç seziladi. Gepatitning A, V, S turlari, jigar saratoni va sirrozi notöğri turmuş tarzi, haddan ortiq alkogol va giyohvand moddalar iste'mol qiliş, uzoq vaqt mobaynida zararli taomni yeyiş, köp ötiriş va jismoniy yuklamalarning mavjud emasligidan kelib çiqadi. 

Hozirgi vaqtda, afsuski, jiddiy zararlangan jigarni tiklay oladigan malham mavjud emas. Şu sababli uşbu köp vazifalarni bajaradigan a'zo va öt pufagi haqida oldindan qayğuriş zarur. Jigar yetişmovçiligi röy bergan holatda, undan qutulişning birdan bir yöli, yangi jigarni köçirib ötkazişdir. 

Şunday ekan, öz jigaringizni tuşuniş va u haqda qayğuriş lozim. Jigar kasalliklari sabablari turliça, irsiy yoki orttirilgan bölişi mumkin:
Xususan, 

•  Nosoğlom turmuş tarzi va ovqatlaniş 
•  A, V va S yuqumli gepatit kasalliklari
•  Katta miqdorda alkogol içiş va xolesterini yuqori taomni köp tanovul qiliş
•  Ikkinçi turdagi qandli diabet bilan boğliq vaznning haddan ortiq oğirligi
•  Semizlik

Jigar kasalliklari va saratoni alomatlari esa quyidagilardir:

•  Köngil aynişi va qayt qiliş
•  Kutilmaganda vazn yöqotiş
•  Iştaha yöqolişi yoki ozgina taomdan söng töyiş hissi paydo bölişi
•  Umumiy zaiflik va çarçoq alomatlari 
•  Qorin böşliğining yuqori qismida oğriq (öng tomoni yoki öng kurak ostida)
•  Jigarning kattalaşişi (gepatomegaliya)
•  Qorataloqning kattalaşişi
•  Qorinda suyuqlik töplanişi (astsit)

Şunday ekan, jigarim soğlom bölsin desangiz, quyidagi profilaktika çoralari va maslahatlarga amal qiling:

•  Soğlom turmuş keçiring va muvozanatli parhezga rioya qiling.
•  Taomingizda barça mahsulotlar: yormalar, oqsillar, sutli mahsulotlar, sabzavotlar, mevalar va yoğlar bölsin. Bargli sabzavotlar, brokkoli, rangli karam, sabzi, oddiy karam, olma va yonğoqlarni ham unutmang. 
•  Yangi mevalar va sabzavotlar, kam yançilgan buğdoy noni, guruç va boşqa yormali mahsulotlarni köproq tanovul qiling.
•  Qon quyişga töğri kelsa, A, V yoki S gepatitidan zararlanib qolişdan ehtiyot böling.
•  Şaxsiy tozalikka rioya qiling, hojatdan söng, qölingizni albatta yuving.
•  Safarga çiqqaningizda töğri kelgan suvni içmang.
•  Alkogol, tamaki v giyohvandlardan voz keçing.
•  Doimiy ravişda jismoniy maşqlar qiling.

Maslahatlarga amal qilib, doimo soğlom bölişingizga tilakdoşmiz.