Yaman armiyasining aksilterrorçilik bölinmasi Yaman janubidagi Xardamaut viloyatida "Arabiston yarimorolidagi Al-Qoida" terrorçilik tarmoğining bir neça dala qömondonini qölga oliş böyiça operatsiya ötkazdi. Bu haqda Yaman hukumatini qöllab-quvvatlovçi arab koalitsiyasi ştabida 22 aprelda ma'lum qilindi.

Mavjud ma'lumotlarga köra, maxsus kuçlar va koalitsiyaning aviatsiyasi iştirokidagi operatsiya 22 aprelga ötar keçasi amalga oşirilgan. Tezkor harakatlar natijasida tarmoqning bir neça yetakçilarini qölga olişga muvaffaq bölingan, ulardan köpçiligi boşqa davlatlardan yollangan jangarilardir. Jangarilar Yaman janubida bir qator teraktlarni amalga oşirmoqçi bölişgan. 

Yaman harbiylari qöliga tuşgan dala qömondonlari orasida "yamanlik az-Zarkaviy" sifatida ma'lum bölgan jangarilar yetakçisi ham bölgan. Az-Zarkaviy deyilganda "Al-Qoida"ning Iroqdagi bölimi yetakçisi, iordaniyalik Abu Musaba az-Zarkaviy nazarda tutilgan.  U 2006 yilda yöq qilingan.