Boymurodning poytaxtdagi sarguzaştlari. Yana propiska muammosi haqida
|20:20 / 23.04.201766 94911 min
Jurnalist Abror Zohidov eng dolzarb muammolardan birini qalamga oldi.
Propiska! Meni tuşundingiz...
Sönggi vaqtlardagi islohotlar samarasi ölaroq, muammolarni yaşiriş emas, ularni yeçişga bölgan intilişlar tufayli ayrim masalalarda oçiqça sözlaş imkoni tuğilmoqda. «Kun.uz» sayti bu borada ançagina faol bölib, uloqni ilib ketganini tan oliş kerak. Çunki köpçilik singari meni ham qiynayotgan muammolar aks sadosini aynan şu saytda körayapman.
Sarlavhadanoq anglab yetdingiz. Menda ham poytaxt propiskasi yöq. Ne ajabki kasbimiz, kelajak böyiça tasavvurimiz, umuman orzu-havasimiz tufayli poytaxtda yaşaymiz, aybga buyurmaysizlar endi. Oilamiz bilan yaşaydigan uyimiz bor, böyi çözilib qolgan öğlimga atab ham uy olib qöyganman. Hammasi oqibatli yaqinlarning nomida. Har yili ijara şartnomasi, har olti oyda propiska deb ularni bezovta qilib turamiz. Şularning boriga şukr.
Mayli, şu davlatning fuqarosi bölib, qonun hujjatlaridagi çeklovlarga buysunişga majburmiz. Bu gapim ham birortangizga yangilik emas.
Gap boşqa va qiziq jihatlar haqida.
Hozirça biz uçun doimiy propiska orzuligiça qolmoqda, vaqtinçasini amallab turibmiz.
Ma'lumki, poytaxtda militsiya maqomidagi inson borki propiska masalasi kötarilganda qölidagi yaşil kitobni oçib «... Toşkentga boşqa hududdan kelgan fuqaro 5 kun içida vaqtinça propiskadan ötişi kerak...» degan jumlalarni öqlovdek körsatadi.
U haq! Şunday yozilgan. Lekin amalda buning iloji bormi?
Yangi talablarga köra vaqtinça propiskaga kiriş uçun avvalo ijara şartnomasi, uy egasinining roziligi, işxonadan ma'lumotnoma (qiziği biror işga kiriş uçun propiska zarur, propiska uçun esa işxonadan ma'lumotnoma) va yana allaqança hujjat talab qilinadi.
Demak xuddi biz kabi bugungi qahramonimiz, aytaylik Xorazmdan poytaxtni zabt etiş uçun taşrif buyurgan Boymurodga vaqtinçalik propiska zarur (toşkentliklar (yoki poytaxt propiskasi borlar), «zabt etiş» jumlasini notöğri tuşunmang, dunyoning hamma davlati öz oldiga katta maqsadlarni qöyganlarning yirik şaharlarga intilişi tabiiy jarayon).
* * *
Mavzuga oid
Xullas çemodanini kötargan Boymurod poyezddan tuşdi. Uning ixtiyorida katta muddat - roppa-rosa 5 kun bor.
Şitob bilan işga kirişadi va vaqtinçalik propiska şartlarini biliş uçun pasport stoliga yönaladi. O, odamning köpligini qarang! Hamma har xil maqsadda kelgan, lekin 80 foizi Boymurod bilan dardkaşov.
Mayli, bitmaydigan iş bor ekanmi? Xullas bir amallab vaqtinçalik propiska uçun zarur bölgan hujjatlarning uzungina röyxati qölga kiritiladi. Öhho‘! Bunça hujjat bilan kosmik kema uçirib yuboriş mumkin deysizmi? Yöq, epalaganlar birpasda töğrilayapti.
Demak birinçi navbatda ijaraga uy topiş kerak ekan.
Izlaymiz! Variantlar mingta, lekin narxi, joyi va eng muhimi egasi şartnoma tuzib, propiskaga qöyib beradigani muammo. Taxminan uç-beş kunda (bu eng tezi) kerakli uy ham topiladi. Ijaragirning Toşkan propiskasi yöqligini bilib qoşini çimirib turgan uy egasi bir oylik pulni oldindan olsa-da, çehrasi oçilmaydi. Hali hojatbaror maklerlarning xizmat haqi turibdi.
Mayli, pul bölsa çangalda şörva. Bu ham hal qilinadi deylik. Uy egasi ertagayoq köçib kiriş mumkinligini aytsa, omad quşi Boymurodning boşiga qönibdi. Lekin odatda uy falon kuni böşaydi, avval ijara şartnomasi bilan propiska qilinadi, keyin kiriladi, degan şartlar qöyiladi. Boringki bularga ham eng tezi ikki kun ketadi. Endi uy egasi bir-ikki kunlik işi borligini, şundan keyin ijara şartnomasi uçun kerakli hujjatlarni tayyorlaşini aytadi. Ikki kundan keyin qönğiroq qilgan Boymurod quyidagi mazmunda javob oladi: «Pasportistka seşanba kuni tuşdan keyin, payşanba va şanba kunlari tuşgaça işlarkan. Seşanba kuni borib rosa navbatda turib ulgurmadim. Endi payşanba kuni borarman...». Boymurodning poytaxtda qonuniy böliş muddatlari soniya sayin tugab bormokda! U zudlik bilan yo Toşkentdan çiqib ketişi kerak, yoki...
Xullas ruxsat berilgan muddat ötib böldi. Boymurod birorta qoğozni qölga kiritgani yöq. Bu orada kutilgan holat yuz beradi. Köçada undan hujjatlarini söragan militsiya xodimi gajakdor imzo bilan jarima qoğozi yozib beradi. Nima ham deyiş mumkin, qonun bor, nozir haq, jarima tölanişi lozim. Ötgan kunlar davomida uzluksiz xarajatlar tufayli çöntagi huvillabgina turgan Boymurod itoatkor fuqaro sifatida jarimani tölaydi. Lekin ma'muriy huquqbuzarlar röyxatiga tirkalib qolgani çatoq böldi-da...
Yana ikki kun ötadi (bu ham eng tezi) va uy egasi hujjatlar tayyor bölgani, notariusga boraveriş mumkinligini aytadi.
Ehhe! Odamning bari notariusda ekan-ku. Davlatga uzluksiz pul tuşirib turgan bunday taşkilotlar köpaytirilsa, hammaga oson bölmaydimi? Kattalar bir narsani bilmasa qilişmaydi! Aqling yetmaganiga aralaşmaging ma'qul.
Röyxatga taxminan öttiz yettinçi bölib yozilgan Boymurodning navbati şu kunlarda kelişi qiyinov. Uy egasi ham vaqti ziqligini aytib yozğirib qöyadi. Ertasiga kimgadir yaxşi gapirib, kimnidir aldab, röyxatda boru, özi yöqlarning nomidan bir amallab kirib oladi. Amali notariusga yordamçi bölsa-da, savlati kolxozga rais bölguday yigit xuşlamaygina kutib olib, hujjatlarni sinçiklab tekşiradi. Taxminan 90 foiz holda hujjatda kamçilik çiqadi. 10 foiz hollarda bir topşirişdayoq «ötadi». Yordamçi hujjatlarni olib qolib şartnoma qiliş kunini belgilaydi. Odatda ertaga tuşdan keyin. Bölmasa indinga... yoki yana noaniq. Ijara şartnomasi qilayotganlar köp bölsa, notarius nima qilsin?
Uy egasining dimoğidan rostmona qurt yoğila boşlaydi. «Işim köp edi, töydan qolib ketdim...». Pulini öşa yoğilayotgan qurtday sanab bergan bölsang ham işing tuşib turganidan keyin çidaysan-da, nima qilarding?
Şu kuni juda qiziq böldi. Körinişidan avvalgi nozirga öxşaydi, lekin gap sözidan boşqa ekan. Bölmasa «aka, keçagina jarima soldingizku, yana yozmang» degan gapga işongan, iltijolarga sal yumşagan bölardi-da. Nozir ham nima qilsin, ma'muriy huquqbuzarlik bölganidan keyin jarimaga tortiş kerak-da. Hujjatlar tayyorlanayapti, deb qonunni buzayotgan qança, qaysi biriga işoniş mumkin? Yana jarima, yana Boymurodboy röyxatda...
Ikki kun ötib oltinga teng şartnoma qölga tegdi! Ammo bugun keç böldi, ertaga esa payşanba, pasport stol işlamaydi. Juma kuni borar... Ana mana deb 20 kun ötib ketibdi. Bu orada Boymurod poytaxtda qonuniy böliş muddatini uç karra ötkazib yuborgan bölsada, bor yöği ikki marta jarima töladi. Bir omad bölsa şunçalikdirda!
Xullas hamma işni hal qilgan Boymurod juma kuni pasport stolga ğoz yurib kirib boradi. U qöltiqlagan hujjatlarni körişsa oğizlari oçilib doimiy röyxatga ham qöyib yuborişsa ajabmas.
Lekin arining uyasi deganlari bunçalik bölmasov. Ikki yuz çoğli odam hujjatini topşirib oliş işqida yonmoqda. Lekin qabul qiluvçi xodim bitta! «Eşik yoniga amallab yetib olib bittagina körsatib çiqay, hammasi joyida bölsa navbatda turaman, bekorga vaqtimni yöqotmay» desangiz taxminan ellik kişi xor bölib javob beradi: «Biz ham şu bir marta körsatiş uçun uç kundan beri kutamiz!».
Qabul tuşgaça, tayyor hujjatlarni beriş tuşdan keyin. Pasport stoli ertalab sakkizdan keç sakkizgaça tinim bilmay işlaydi.
Mayli, sarguzaştlarni qisqa qilamiz. Qaysidir kuni navbat keladi, qayerdadir borib barmoq izlari olinadi... Hujjatlar körib çiqiladi!
Pasport stolining mas'ul xodimi işi köpligidan boşini kötarmay deydi:
«Uy egasini çaqiring, roziligi kerak».
«Ijara şartnomasini qilib bergan-ku, şu roziligi emasmi?»
Xodim unga boşdan oyoq qarab qöyadi.
Boymurod öz taajjubining qonun talablari oldida naqadar asossizligini tuşunib izza böladi. Qaytatdan navbatda turgan Boymurodga qöşilib uç soat kutgan uy egasi bu safar oçiqça norozilik bildiradi: «Ijaraga uy bermay, soliq tölamay har narsa bölay...».
Rozilik ham amallab olinadi. Xodim yana boşini kötarmaydi:
«Bir haftadan keyin xabar oling».
Boymurod xotirjam uyga qaytadi.
Ertasiga eşik taqillaydi. Uçastka noziri Falonçayev! Propiska yöq, jarima!
«Aka, hujjatlarni topşirdim, yaqinda çiqadi. Qolaversa keça köçada ikki marta uşlab jarima qildinglar-ku!».
«Ular boşqalar, bu mening hududim. Hujjatlarni topşirgan bölsangiz avval propiska qilib, keyin köçib kiriş kerak edi. Ungaça qayerda yaşaşingiz mening işim emas!».
Boymurodning tepa soçi tikka böladi. Lekin naçora? Qonun bor, nozir haq. Ayb özida, 23 kundan beri qoidalarni buzib yayrab yuribdi-ku. Lekin hartugul nozir tuşunadigan odamga öxşaydi, nima qilsayam şu hududning odami-da. Özbek özbekka qayişmaydimi? Salom-alik deganday...
Bir haftada iş bita qolmaydi. Boymurod vaqtinçalik propiska qoğozini şu işga kirişganidan söng 33 kun ötib qölga kiritadi. Bu tez bitgani haliyam. Qoidani 6 marta buzsa-da, uç marta jarima bilan qutuldi. Şu-da bir yigitning tolesi.
Muhr bosilgan yarim varaq qoğozga qarab Boymurodning köziga yoş keladi. «O propiska, seni qançalar soğingandim-a. Vaqtinçalik bölsang ham men uçun öz yurtimda qançalik huquqlar berasan! Qoğozbozlik bilan kuraşiş asrida men uçun qoğozlar içra a'losisan!» R. S. ... olti oy ğizillab ötib ketadi...