Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng kriminal shaharlar reytingi tuzildi
Internetda dunyodagi jinoyatchilik urchigan eng xavfli shaharlarning yangi reytingi paydo bo‘ldi.
Numbeo portali ma'lumotiga ko‘ra, Venesuela poytaxti Karakas shahri sayyoradagi eng xavfli shahar bo‘lib qolmoqda. Reytingda keyingi o‘rinlarda San-Pedro-Sula (Honduras), Pitermaritsburg (Janubiy Afrika Respublikasi) va Fortaleza (Braziliya) shaharlari joylashgan. Keyingi o‘rinlarda esa Selangor (Malayziya), Durban (Janubiy Afrika Respublikasi), Yohannesburg (Janubiy Afrika Respublikasi), Resife (Braziliya), Pretoriya (Janubiy Afrika Respublikasi) va Rio de-Janeyro (Braziliya) shaharlari nomlari keltirilgan.
Reytingga MDHdagi shaharlardan Moskva (174), Yekaterinburg (118), Olmaota (132), Boku (308), Tbilisi (360) va Yerevan (291) shaharlari ham kiritilgan.
Dunyodagi eng xavfsiz shahar sifatida BAA poytaxti Abu Dabi va Germaniyadagi Myunxen shaharlari qayd etilgan.
Bundan oldinroq dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzilgan. Unda Finlyandiya birinchi o‘rinda, BAA va Islandiya ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarda joylashgandi.
136 mamlakatdan iborat reytingning quyi pog‘onalarida Kolumbiya (136), Yaman (135) va Salvador (134) nomlari ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
22:11 / 06.01.2026
Maduro ag‘darilganidan keyin Venesuelada nimalar bo‘lmoqda?
13:43 / 03.01.2026
Karakasdagi hodisalar fonida: Maduro haqida turli xabarlar tarqaldi
13:20 / 03.01.2026
Maduro Karakasda portlashlardan so‘ng safarbarlikka chaqirdi
08:01 / 05.09.2018