Eng murakkab saylov: Makron putinçi nomzodlarga qarşi
|17:00 / 23.04.201730 27517 min
Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinçi turi boşlandi. Bu keyingi ön yilliklardagi eng mojaroli va natijasini oldindan aytib bölmaydigan saylovga aylandi. Beşinçi respublika davrida (1958 yildan buyon) ilk marta ikkinçi turga çiqiş uçun birdaniga 4 nomzodda imkoniyat mavjud.
Prezidentlik uçun 11 nomzod
Davlat rahbarligi kursi uçun 11 nomzod kuraş olib bormoqda. Fransiyadagi naşrlar önbittalikni ikki guruhga ajratgan: yetakçilar va autsayderlar. Birinçi guruhda 5 siyosatçi: «En Marche» harakati yetakçisi Emmanuel Makron (22,5—24,5 foiz), Milliy front rahbari Marin Le Pen (22— 23 foiz), «Respublikaçilar» ya'ni, öng partiyalar va markazçilar nomzodi Fransua Fiyon (19,5 — 21 foiz), «Böysunmas Fransiya» harakati yetakçisi Jan-Lyuk Melanşon (16,5 — 19 foiz) va Sotsialistlar partiyasi vakili Benua Amon (6,5 — 8 foiz).
«Kiçik nomzodlar» deb matbuot saylovoldi kampaniyasi davrida ötkazilgan sörovlarda past natija körsatgan nomzodlarni belgilagan. Bular «Qözğal, Fransiya» partiyasi yetakçisi Nikolya Dyupon-Enyan, «Işçi kuraş» partiyasi vakili Natali Arto, Yangi antikapital partiyasi yetakçisi Filipp Putu, «Birdamlik va jarayon» partiyasi asosçisi Jak Şeminad, markazçi deputat Jan Lasal va Respublika Xalq ittifoqi rahbari Fransua Aselino.
Beşinçi respublika davridagi prezidentlik saylovlari 11-marta ötkazilmoqda. Davlat rahbari 5 yil muddatga yaşirin ovoz beriş yöli bilan saylanadi. Saylovlarda mamlakatning 18 yoşga tölgan fuqarolari ovoz beriş huquqiga ega, Fransiyadagi saylovçilarning umumiy soni 47 millionga yaqin. Respublikaning hozirgi prezidenti Fransua Ollandgaça Şarl de Goll, Jorj Pompidu, Valeri Jiskar d'Esten, Fransua Mitteran, Jak Şirak va Nikolya Sarkozi kabi siyosatçilar mamlakat rahbarlari bölgan.
Saylov ikki turda ötkaziladi, nomzodlardan biri birinçi turda 50 foizdan ortiq ovoz olsa, u ğolib deb e'lon qilinadi. Ammo, hozirda buning ehtimoli deyarli nolga teng. Davlat rahbari 7 may kuni ötkaziladigan ikkinçi turda ma'lum bölişi oydinlaşgan.
Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toşkent vaqti bilan soat 11:00) oçiladi va soat 20:00da yopiladi. Şu vaqtdan boşlab ilk natijalar e'lon qilina boşlanadi. 22 aprel kuni Fransiyaning dengiz ortidagi hududlarida prezident saylovi boşlangan (Hind okeanidagi Mayotta va Reyunon orollari, Tinç okeanidagi Yangi Kaledoniya va Uollis hamda Futuna orollari). Şanba kuni Fransiyaning Amerikadagi elçixona va konsulliklarida, Ğarbiy yarimşardagi Gvadelupa, Sen-Marten, Sen-Bartelemi, Gviana, Martinika, Sen-Per va Mikelon, şuningdek Frantsuz Polineziyasida ovoz beriş jarayonlari bölib ötdi.
Mavzuga oid
Syurpriz ortidan syurpriz
Bu safargi saylovoldi kampaniyasi syurprizlarga töla böldi. Avvaliga 2016 yilning noyabrida muxolifatdagi eng yirik partiya bölmiş Respublikaçilar partiyasidan Milliy Kengaş deputati bölmiş Fransiya prezidentligiga nomzod, sobiq boş vazir Fransua Fiyon praymerizlarda işonçli ravişda ğalabaga erişa boşladi. U sobiq prezident Nikolya Sarkozi hamda hukumatning sobiq raisi Alen Jyuppeni ortda qoldirdi.
«Zerikarli» deputat asta-sekinlik bilan oldinga harakatlana boşladi. Uning dasturi boşqalarnikiga qaraganda qat'iyroq edi va u işonç bilan harakatlanardi. Uni nomzodlar orasidagi «eng rusparast nomzod» deb atay boşlaşdi.
Praymeriz yakunida Beşinçi respublika davrida ilk marta amaldagi prezident ikkinçi muddatga saylanişdan boş tortdi. Olland nufuz böyiça antirekordlarni qayd etib ulgurgandi ham. Fuqarolar Parij va Sen-Denidagi qonli teraktlar tufayli unga bölgan işonçni yöqotişdi.
Ollandning öz nomzodini qöyişi söl kuçlar nufuzi pasayişiga olib kelişi ham mumkin edi. U şundan söng siyosiy hayotda deyarli körinmay qöydi, Sotsialistlar partiyasi vakillarining debatlarida ham iştirok etmadi.
Sotsialistlar nomzodi rolini Manuel Vals öynaşi kutilgandi, u şuning uçun mamlakat boş vazirligidan ketgandi. Ammo u partiyaning boşqa vakillari Benua Amon va Arno Monteburga qarşi tura olmadi. Qolaversa u işonçdan qolgan Olland hukumati tarkibida bölgani uçun, partiyadagilar unga "yöq" deyişdi. Sotsialistlar Benua Ammonga işonç bildirişdi. Ammo u işonçni oqlamadi.
Saylovoldi kampaniyasini yetakçilar guruhida boşlagan siyosatçi birinçi turga 9 foiz işonç bilan autsayderlar safida yetib keldi. Melanşonning aksariyat ğoyalari tarafdori bölmiş Amon ularni YeI bilan yaqin intergatsiyalaşuv orqali amalga oşirişni va'da qilgan edi. Biroq köplab saylovçilar köz öngida Yevropa ittifoqi obrösining tökilib borayotgani Amonning takliflari jozibasiga ham putur yetkazdi. Melanşon saylovçilarining fikrini özgartiriş uçun, Amon uning taşqi siyosat dasturini, Suriya uruşiga munosabati va ayniqsa, Rossiya bilan yaqinlaşiş kerak, degan sözlarini tanqid ostiga olgan. Biroq Rossiyaga qarşi kartani işlatiş ham Benua Amonga muvaffaqiyat keltirmadi.
Le Penning yetakçiligi va «Penelopageyt»
Saylovoldi kampaniyasi davridagi kutilmagan yana bir jihat sörovlarda Milliy front rahbari Marin Le Pen doimiy ravişda yetakçilik qilgani böldi. Fransiyada bu partiya hamişa öta öng hisoblangan, Jan Mari Le Penning qizi partiya boşqaruviga kelgaç, pozitsiya özgarib, öng markazçilarga aylangan.
Le Pen partiyasi kuçsiz bölib (2012 yilda Milliy Kengaş uçun saylovda 577 örindan atigi 2 örin olingan), ikkinçi turga nomzodi çiqsada, har qanday raqibga yutqazişi tayin edi.
Fevral oyining ikkinçi yarmida saylovoldi kampaniyasida jiddiy mojaro yuzaga keldi. Fiyonga davlat mablağlarini sarf qilib yuboriş ayblovi qöyildi. Canard Enchaine satirik jurnali Fiyon deputatligi vaqtida rafiqasi Penelopa Fiyonni öz yordamçisi etib tayinlab, u aslida heç qanday vazifani bajarmagan bölsa-da, unga maoş tölagani haqida faktga egaligini da'vo qildi. Senatorlik lavozimida esa u, göyoki, şunga öxşaş vaziyatda öz farzandlariga pul tölagani gumon qilindi.
Bundan taşqari, u 2015 yil iyunida Peterburg iqtisodiy forumi doirasida livanlik milliarder Fuad Mahzumiyning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Total boş direktori Patrik Puyanne bilan uçraşuvini taşkil qilgan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. 2015 yil boşida livanlikning Future Pipe Industries quvur yasaş konsorsiumi sobiq boş vazirning 2F Conseil konsalting kompaniyasi bilan 46 ming yevro (50 ming dollar)lik şartnoma imzolagan edi. Ungaça ham Putin Fransiyadagi saylovlarda Fiyonga «tikkani» aytilayotgandi.
Bu mojarolar fonida köplab tarafdorlari Fiyondan yuz ögirişdi, uning sörovnomalardagi körsatkiçlari pasaydi, öng kuçlar va markazçilar örtasida uning nomzodini boşqa nomzodga almaştiriş sörala boşlandi. Fiyoye esa çekinmadi: mart oyi boşida sobiq boş vazir tarafdorlari Parijdagi Trokadero maydonida ommaviy miting ötkazişdi, köp ötmay yirik siyosatçilar ham Fiyonni qöllab-quvvatlab çiqişdi, jumladan Jyuppe va Sarkozi ham.
«Penelopageyt» nomini olgan mojaro tinçidi, ammo Fiyon avvalgi nufuzini tiklay olmadi, uning reytingi pasayişi ortidan «top» nomzodlar qatoriga Emmanuel Makron kirib oldi.
Makronning parvozi va Melanşonning «zör berişi»
Bir neça yil oldin uni deyarli heç kim tanimasdi: Makron Moliya vazirligida işlar, bankir bölgan, keyinroq Yelisey saroyi boş kotibi örinbosariga aylandi. 2014 yilda u Iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi. Faqat öşandagina u haqda eşita boşlaşadi. Ikki yil ötib u hukumatdan çiqdi hamda öz loyihasini — «Marşga» harakati («En Marche») rivojlantirişga kirişdi.
Makron saylovlarda söl markaz nomzodi sifatida ilgari surildi (bir vaqtning özida u özini ham sölçilarga, ham önglarga taalluqli hisoblaydi). U balandparvoz şiorlarni aytişni yoqtiradi, uning jamoatçilik bilan aloqalari yaxşi yölga qöyilgandi va bu naşrlar Fiyon hamda Le Penga tinimsiz hujum uyuştirgani holda bu «suyukli» nomzodga teginmadi.
Uni raqiblar ham qöllab-quvvatlay boşladi. Jumladan Sotsialistlar partiyasi vakillari. Yoş, harakatçan va yoqimtoy nomzod Fransiyaning bölğusi prezidenti böliş uçun nisbatan yaxşi imkoniyatga ega.
Prezident bilan munosabatlarini uzgan siyosatçi uning siyosatining asosiy yönalişlarini saqlab qolinişni qöllaydi. Fransiya uçun yangilanişlar, Makronning fikriça, kadrlar orqali röy berişi kerak: özining bölajak hukumatida u ayni paytdagi Vazirlar Mahkamasidan biror kişini körmoqçi emas. Biroq, Makron öz dasturi orqali amalga oşirmoqçi bölgan çoralar, Olland hayotga tatbiq etayotganidan kam farqlanadi. Xuddi özining sobiq rahbari singari, sobiq vazir 35 soatlik iş haftasining saqlanişini, ta'lim sohasida bandlikni oşiriş, byudjyet iqtisodi va mehnat islohotlari saqlanişini istaydi. Mö'tadil markazçi Makron — Yevropa integratsiyasi, şuningdek, Germaniya bilan ma'qullangan Rossiyaga nisbatan qat'iy siyosat yuritişning aşaddiy tarafdori. Saylovoldi sörovlari Makronga 20–25 foiz ovoz va'da qilgandi.
Tajribali orator, 2012 yilgi saylovda 11 foiz ovozga ega bölgan kommunistlar vakili, «Böysunmas Fransiya» harakati yetakçisi Jan-Lyuk Melanşon barça narsada Fiyonning butunlay teskarisidir. Kommunistik partiya tomonidan qöllangan nomzod iqtisod qilişga emas, aksinça, köproq xarajat qilişga çaqirmoqda. Melanşon hokimiyat tepasiga kelgudek bölsa mehnatga eng kam haq tölaş miqdori oşiriladi, xodimlarga yana bir hafta qöşimça ta'til beriladi. Mehnat islohoti va pensiya yoşini oşiriş borasidagina Melanşon Marin Le Pen bilan bahslaşmagan, xolos.
Qançalik ğalati körinmasin, har ikki siyosatçining halqaro muammolarga nuqtai nazari bir-biriga yaqin. Öta söl va öta önglar Fransiya Rossiya bilan aloqalarni tiklaşi zarurligini, NATOdan uzoqlaşib, Suriya uruşida Vaşingtonga yordam bermaslikka çaqiradi. Melanşon özining saylovoldi kampaniyasi davomida Fransiyaning YeIdan çiqişi haqida ham gapirgan. Biroq millatçilar bilan haddan ziyod yaqinlaşayotganligi tanqid ostiga olingan Melanşon Beşinçi respublikani Yevropa ittifoqida saqlab qoliş kerakligini ta'kidlagan. U oxirgi haftalardagi yorqin çiqişlari orqali nufuzini keskin oşirdi va favoritlar orasiga kirdi. Melanşon dasturini qöllab-quvvatlovçilar saylovçilar 17–18 foizini taşkil etgan.
Terrorizm xavfi ostida
Mojaroli kampaniya davomida nomzodlar öz dasturlarida xavfsizlikni ta'minlaş va terrorizmga qarşi kuraş mavzusiga keng örin ajratişdi. Hattoki ta'lim, madaniyat, soğliqni saqlaş va atrof-muhit muammolari kabi an'anaviy mavzular ikkinçi planga ötib qoldi.
Qolaversa, ötgan haftaning çorşanba kuni 11 nomzod iştirokida ötkazilgan sönggi teleefir boşlanişidan 1 soat oldinroq Parijdagi Yelisey maydonida politsiyaçilarga hujum uyuştirildi. Bu haqdagi xabar yetib kelişi tufayli nomzodlarning ayrimlari çiqişi kutilganidek bölmadi ham.
Makron birinçi bölib çiqiş qildi va Parij markazida röy bergan hodisa munosabati bilan fikrlarini bildirib ötdi. U xalqaro vaziyat haqida gapirar ekan, terrorizmga qarşi kuraş mamlakat içkarisida ham, taşqarisida ham olib borilişi haqida gapirdi. U şuningdek, AQŞning Suriyaga raketalar orqali zarba berişini ma'qulladi va Fransiya prezidentiga aylanadigan bölsa, Fransiya «Başar Asad tuzumining kimyoviy qurollar saqlanadigan omborxonalariga qilinajak hujumlarga qöşilişi»ni ma'lum qildi.
«Men bu tahdidga könikib qolişimizni istamayman. Men bolalarimizga ular har kuni tahdid ostida yaşaşini aytib yaşaşimizni istamayman. Biz terrorizmga qarşi hujum rejasini amalga oşirişimiz kerak. Bu mamlakat çegaralaridan taşqarida ham olib borilişi kerak. Biz muammolarning ildizi bilan — radikal ideologiyalar bilan kuraşişimiz kerak. Soddalik va beparvolik davri ötdi, endi ogohlik va qat'iylik kerak», — deya uning fikrlarini davom ettirdi Le Pen.
Fiyon esa keyingi prezidentning keyingi yillardagi asosiy vazifasi terrorizga qarşi kuraş bölişini aytib ötdi. «Xalqaro koalitsiya barça zöravonliklar manbaini yöq qilmoği lozim. Bular birinçi navbatda IŞID, Afrikadagi Boko Haram, Afğonistondagi tolibonlar», degan u.
Sobiq boş vazirning fikriça, hozirda çinakam xalqaro koalitsiya mavjud emas. Bir tomonda Ğarb davlatlari, ikkinçi tomonda Rossiya turib kuraşmoqda. Fiyonning işonç bilan aytişiça, Rossiya Federatsiyasi hamda Eron bilan muloqot olib bormasdan turib, boşqa mamlakatlar terrorçilar ustidan mutlaq ğalabaga erişa olmaydi.
Rossiya bilan döstlikmi?
Fransiya naşrlari kampaniya davomida nomzodlarning Rossiyaga qanday munosabatda ekaniga alohida e'tibor qaratdi.
13 aprel kuni Express naşri şunday sarlavha bilan çiqiş qildi: «11 nomzod, 7 nafari putinçi». Mualliflarning qayd etişiça, Rossiya har qaçongidan ham köra bu safar köproq darajada Fransiyadagi siyosiy jarayonlarga aralaşdi. Nomzodlardan 7 nafari uşbu davlat rahbari Vladimir Putinga moyillik bildirgan. Putinçilar sifatida Le Pen, Fiyon, Melanşon, Aselino, Dyupon-Enyan, Lasal va Şeminada nomlari keltirib ötilgan.
Marin Le Pen bir neça marta Rossiya bilan aloqalarni yaxşilamoqçi ekanini aytgandi. U şuning ortidan Yevropani xotirjamlikdagi kelajak kutişini ma'lum qilgan. U Ğarbning Rossiyaga qarşi sanksiyalarini befoyda deb atagan va Qrimning Rossiya hududi ekanini tan olgan.
Fiyon Rossiya Qrimdan ketişi kerakligini ta'kidlayveriş befoyda ekanini aytgan. U bu iş heç qaçon sodir bölmasligiga işonç bildirgan. Şu bilan birga u uşbu yarim orol xalqaro huquqning buzilişi orqali Rossiyaga qöşib olinganini inkor etmagan. Sobiq boş vazir ham Marin Le Pen kabi prezidentlikka saylansa, Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantiriş niyatida ekanini bildirgan.
Makron Rossiya bilan muloqot örnatişga qarşi emas. Ammo uning pozitsiyasi raqiblarinikidan farq qiladi. Sobiq iqtisodiyot vaziri Rossiya bilan juda ham yaqinlaşmoqçi emas va u Fransiyaning tarixiy ittifoqçisi AQŞ deb hisoblaydi.
Melanşonning hisoblaşiça esa Rossiya Fransiya uçun strategik hamkor, Qrim masalasini esa xalqaro konferensiyalar darajasida muhokama qilmoq lozim. U Qrim Ukraina yoki Rossiya hududi ekanini aniqlaş oson iş emasligini ta'kidlagan.
Öz navbatida Benua Amon söl qanotdagi nomzodlar bilan hamfikr emas. Uşbu sotsialist nomzod davlat çegaralari daxlsizligiga xalqaro huquq doirasida amal qiliş kerakligini eslatgan. U Rossiyaga nisbatan keskin çoralar köriş tarafdori.
Saylovlarning xavfsizlik darajasi
Saylov vaqtida xavfsizlikni ta'minlaş uçun 50 mingdan ortiq politsiyaçi va jandarmlar, şuningdek, 7 mingdan ortiq harbiy xizmatçilar safarbar etilgan. Saylovçilar uçun mamlakatda 67 mingta saylov uçastkasi oçilgan. Parisien xabariga köra, poytaxtdagi 896ta saylov uçastkasidan 400tasiga qöşimça qöriqçilar joylaştirilgan.
Saylov oldidan terrorçilarning hujumi yuz bergani olovga yana moy quydi. Şu hafta içida Fransiya hukumati saylov kuni Marselda terakt uyuştirişni rejalaştirayotgan islomiy guruhni foş etgandi. Nomzodlardan biri — Fransua Fiyon hujumning qurboniga aylanişi mumkin bölgandi.
Yelisey maydonida röy bergan hodisadan keyin bir qator siyosatçilar şahar meriyasi va prefektura politsiyasini tanqid qilgan va saylov kuni xavfsizlik çoralari kuçaytirilişini talab etgandi.
Teraktlar xavfidan taşqari, namoyişlar va tartibsizliklar yuzaga keliş xavfi ham yuqori darajada. Şanba kuni Parij politsiyasi namoyişçilarga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz qöllaşga majbur böldi. Şu kuni 2 ming nafarga yaqin namoyişçi Respublika maydonida töplanib, Bastiliya maydoniga yöl olgandi. Bastiliyada politsiya bilan töqnaşuvlar röy berdi. Asosan talaba yoşlar ötkazgan bu namoyiş iştirokçilari «siyosiy maskarad» körinişidagi bu saylovga qarşi çiqiş qilişgan.
Bugun keçqurun köçalarga eng agressiv kayfiyatdagi protestantlar çiqib, «Barrikadalar tuni» ötkazişi kutilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi