Rossiyalik fazogir, koinotda eng uzoq vaqt böliş böyiça rekordçi Gennadiy Padalka fazogirlar otryadini tark etişga qaror qildi. Bu haqda Fazogirlarni tayyorlaş markazi rahbari Yuriy Lonçakov ma'lum qildi.
"Gennadiy Ivanoviç fazogirlar otryadini tark etiş haqida ariza berdi, ariza ikki haftadan keyin komissiya tomondan körib çiqiladi", deb aytdi Lonçakov.
Uning aytişiça, markaz fazogirning ketişga qaror qilganida katta fojia körmayapti, çunki joriy yilda yangi qabul e'lon qilingan, otryadda hali koinotga uçmagan köplab fazogirlar bor.
Bu axborotni fazogirning özi ham tasdiqladi. Uning aytişiça, u otryadda 28 aprelgaça işlaydi.
"Tark etişga majburman. Bekorçilik jonga tegdi. Yana parvoz qilişimning istiqboli yöq. Markazda ham menga iş yöq", deb izohlagan bu qarorini fazogir.
Fazogirning aytişiça, u koinotda böliş rekordini ming kunga yetkazib qöyiş uçun 6-orbital parvozga jönaşga tayyor, biroq u ekipajga tayinlamayapti.
Padalka fazogirlik faoliyati davomida 5 marta koinotda bölgan, önlab marta oçiq koinotga çiqişlar amalga oşirgan. Uning koinotda bölişining umumiy davomiyligi 878 kun 11 soat 29 daqiqa va 24 soniyani taşkil qiladi.
2016 yil 15 aprelda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi uning bu rekordini rasman tan olgan.
Padalka bu rekordni 2015 yil 29 iyunda Xalqaro koinot stansiyasida qayd qilgan. Fazogir özining oxirgi parvoziga 2015 yil 27 martda jönab, 12 sentabrda Yerga qaytgan.














