Agar Pxenyan yadro quroli va ballistik raketalarga ega bölganiga ön yildan oşiqroq vaqt bölgani inobatga olinsa, nega sarosima kelib-kelib endi yuz bermoqda? Çunki Şimoliy Koreya yadro sohasida katta qadam taşlamoqçi. Rejim AQŞgaça yetib boradigan qit'alararo ballistik raketa yaratişga yaqinlaşgani haqida oçiqçasiga bayonot bermoqda — Kim Çen In xohlagan vaqtda bir tugmaçani bosiş bilan Amerikaning istalgan şahrining kulini kökka sovurişi mumkin ekan.
Şimoliy Koreyadagilar yolğondakam döq qilişayotgani yöq aslo. Ular zudlik bilan jangovar holatga keltiriluvçi qattiq yoqilğili raketalar işlab çiqariş borasida katta muvaffaqiyatlarga erişişgan, binobarin, ularni yaşiriş oson va raqib uçun ularni axtarib topiş hamda ogohlantiruvçi zarba beriş murakkablaşgan.
Bunga yaraşa, Pxenyan öz yadro arsenalini oğişmasdan boyitib kelmoqda. Bugun Şimoliy Koreya 10–16 ta yadro kallaklariga ega. 2020 yilga borib ular 100 ta atom bombasi işlab çiqarişi mumkin (ma'lumot uçun — Buyuk Britaniyada ayni paytda 200 ta atom bombasi borligi taxmin qilinadi).
Tanglik şuning uçun röy bermoqda. Biz Kim Çen Inga Amerika şaharlarini vayron qiliş imkoniyatini taqdim etmasligimiz kerak, deb yozadi The Washington Post muxbiri Çarlz Krauthammer.

Ayrimlar “bosib turiş” siyosatini saqlaş zaruriyati haqida qat'iy fikrga ega. Agar bu siyosat şunça yillar mobaynida xitoyliklar va ruslarni tiyib turgan bölsa, nega u şimoliy koreyaliklarga nisbatan qöllanilmasligi kerak?
Birinçidan, bosib turiş — sobiq Sovet ittifoqi kabi soğlom fikrlovçi raqib haqida gap ketganida ham — doim muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. 1962 yilda biz yadro uruşi bösağasiga bir borib qaytganmiz.
Ikkinçidan, Şimoliy Koreyadagi rejim haddan ziyod ğalati. Taşqi dunyo uçun yopiq bu mamlakatni xatti-harakatlarini oldindan aytib bömaydigan, juda zolim va qattol, «özini xudo deb biluvçi podşo» boşqaradi. Kaligulaga işonişning özi yetarli emas. Topinişga asoslangan bu rejim yovvoyi; mamlakat aholisi esa — robot-insonlar. Karen Eliot Haus bir paytlar Saddam Husayn Iroqi ulkan qamoqxona bölsa, Şimoliy Koreya — çumolilar koloniyasining özi, degan ta'rifni keltirgan edi.

Koloniyalarda esa samarali tiyib turiş tizimi va posangi bölmaydi.



















