Keça «Yil uçraşuvi»da «Barselona» ğalaba qozondi. Garçi «Real» bu yil kuçli tarkib, kuçli zaxira örindiği bilan kuçli öyinlar namoyiş qilib, öz oldiga qöyilgan maqsadlar — mamlakat va Yevropa çempionligi yönalişida dadil odimlayotgan bölsa-da, «Barselona» keyingi yillardagi an'anasiga sodiq qilib, «Santyago Bernabeu»dan yana ğalaba bilan qaytdi.

Öyin hissiyotlarga boy böldi. Albatta, bunday öyinga xolis baho beriş juda qiyin. Çunki muxlislar armiyasi teng ikkiga bölinişgan. Öyinçilardan kimnidir maqtasangiz, şubhasiz, ikkinçi tomon sizni raqib lageri vakiliga çiqarib qöyişadi.

El Klasiko haqida eng zör fikr «Barsa»ga ham, «Real»ga ham heç qanday aloqasi bölmagan inson oğzidan yangraşi aniq. «Metallurg» (Magnitogorsk) xokkey klubining alpkelbat faxriysi Danis Zaripov SKA bilan bölib ötgan final öyinidan söng tarixga kirgan, biroq uning yondiruvçi iborasi ispan elita jamoalarining öyinidan keyingi barça hissiyotlarni özida qamrab ola oladi — «ular balet tomoşasi körsatişdi».

«Yevrosport» blogeri Artyom Butorin keçagi öyin — eng jirkanç futbol haqida öz fikrlarini bayon edi. 

Klasikogaça bir oy avval «Barsa» va «Real»ning top öyinçilari ijtimoiy tarmoqlarda javrab, bir-biri tomon toş otib, raqibining kekirdagini uzib olişga tayyor arslonlar yangliğ hayqirib turişdi. Printsipial kuraş laxta-laxta qon, közlardagi olov, yutib olingan aut uçun ham jon beriş kabi narsalarni va'da qilayotgandek edi. Biroq, Ispaniyada kuraş deganda boşqa narsani tuşunişadi. Temirtan gladiatorlar örniga, özlariga yaxşi, raqiblariga çatoq bölişni istovçi yiğloqi qizaloqlar maydonga tuşib kelişdi. 

Hurmatli, nufuzli futbolçilar noluvçi mijğovlarga aylanişdi: donişmand Inesta hakam oldiga birinçi bölib çopib boradi, Ramos hali qoidani buzib ulgurmasdan hakamning yonida, Modriç qöllarini tuz sepayotgandek qilib olib, esdan oğayozadi. Xavi va Kasilyas maydonda bölganida, ular ham albatta, bahslaşib ketişgan bölardi, yaxşiyamki ularning vaqti ötib bölgan. Oğriğini bildirmay, raqibga uning qöpolliklari befoyda ekanligini isbotlaş örniga, futbolçilarning har bir raqibi ustidan hatlab ötişga harakat qildi — huştakli kişining yoniga birinçi bölib oşiqiş uçun. Raqibingga dadil javob ber, çida, imkoni bölsa qattiqroq zarba ber, lekin aslo minğir-minğir qilib, duşmaning uçun jazo tilanma, erkak!