Beeline kompaniyasi 25 aprel kuni barçani xalqaro Usenet 2017 digital-anjumaniga taklif etadi. Törtinçi marotaba uyuştirilayotgan konferensiya yangilangan körinişda ötadi: ikkita parallel sessiya, davra suhbati va yana boşqa köplab tadbirlar.
Bu yilgi asosiy mavzular: digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozorni örganiş, marketing, media, PR.
Usenet – bu digital olamiga şönğiş, yangi amaliy munosabatlarni örnatiş, qiziqarli bahslarda iştirok etiş, hamkasblar bilan tajriba almaşiş imkoniyatidir.
Faqat şu yerda siz Internetda biznesni rivojlantiriş uçun amaliy maslahatlar va samarali yöl-yöriqlar olişingiz mumkin.

Ma'ruzaçilar – şu kabi tadbirlarda muntazam çiqiş qiladigan mutaxassislardir. Ular önlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oşirganlar. Ularning bilimlari va tajribalari juda noyob, tinglovçilar bilan bölaşadigan vositalarini esa, amaliyotga darhol tatbiq etiş mumkin.
Konferentsiya taşkilotçisi – Ledokol Group agentligi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantiriş markazi va UZINFOCOM markazi bilan hamkorlikda ötkazilmoqda.
Konferentsiyaning boş homiysi – Beeline Uzbekistan. Boş homiy — Beeline Uzbekistan. Konferentsiya homiylari: “Click” mobil bank tizimi va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği. Boş axborot homiysi — “Yandex”.
Konferentsiya borişini tadbirning sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi Usenet sahifasi, info-şeriklar saytlarida va Telegram-kanal orqali kuzatiş mumkin.

Eslatib ötamiz: Tadbirda qatnaşiş bepul. Kiriş qat'iyan taklifnomalar asosida. Iştirok etiş uçun konferensiya saytida ariza beriş zarur.
Ötkaziş sanasi va joyi: 25 aprel, International Hotel Tashkent mehmonxonasi.
Vaqti: 8:30dan 17:30gaça.
Batafsil ma'lumotlar: usenet.uz saytida.












