Amerikaning Bloomberg agentligi dunyo mamlakatlaridagi yoqilği narxiga doir tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Unga köra, 2017 yil birinçi çoragida AQŞdagi benzin narxi Rossiyadagidan arzon bölgan. Hisobotda aytilişiça, benzin narxlari A95 navli benzin uçun körsatilgan.
Yoqilği narxidagi tafovut, ölçov birligi sifatida Amerika galloni olinsa, yaqqol körinadi. Bir Amerika galloni 3,785 litrga teng.
Şunday qilib, AQŞda bir gallon benzin 2017 yil birinçi çoragida örtaça 2,57 dollar turgan bölsa, Rossiyada xuddi şu miqdordagi yoqilği 2,58 dollardan sotilgan. Tadqiqotda ta'kidlanişiça, eng qimmat benzin Hongkongda sotiladi. Bu yerda bir gallon benzin 7,23 dollar turgan. Eng arzoni esa, ayni vaqtda eng kuçli iqtisodiy böhronni boşidan keçirayotgan Venesuelada bölib, bir litri 0,01 dollar turadi.
Tadqiqotda dunyoning 61 mamlakatidagi benzin narxlari keltirilgan. Xususan, Saudiya Arabistonida bir gallon benzin 0,91 dollar tursa, uning yonginasidagi Misrda 1,30 dollardan sotiladi. Isroilda esa ayni benzinni dunyo böyiça eng qimmat narxlardan birida xarid qiliş mumkin. Bu yerda bir gallon benzin uçun 6,58 dollarning bahridan ötişga töğri keladi.
YeI mamlakatlarida bir gallon benzin narxi turliça bölib, eng qimmati Norvegiyada. U yerda bir gallon benzin 6,96 dollar turadi. Şu bilan mamlakat dunyoda benzin eng qimmat ikkinçi mamlakat bölib turibdi. YeIdagi eng arzon benzin Bolgariyada, galloni 4,20 dollardan sotiladi.
Şu örinda Özbekistonda A95 navli benzinning bir gallonini 4,21 AQŞ dollariga xarid qiliş mumkinligini ta'kidlaş joiz. Markaziy Osiyodagi qöşni mamlakatlarda bu boradagi taxminiy narxlar (bunda benzin navi noma'lum) quyidagiça*:
Turkmanistonda (1 gallon benzin) – 1,02 dollar
Qozoğistonda – 1,77
Qirğizistonda – 2,30
Tojikistonda – oçiq ma'lumot yöq
Afğonistonda – 2,46
Umuman, agentlikka köra, sönggi 3 oyda dunyodagi benzin narxi 1,4 foizga ösgan.












