Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Saudiya Arabistonini ayollar huquqi bo‘yicha komissiya tarkibiga kiritdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Saudiya Arabistonini ayollar huquqi bo‘yicha komissiya tarkibiga kiritdi. The Independent shu haqida xabar berdi.
Endi qirollik vakili 45 mamlakatdagi hamkasblari qatorida "xotin-qizlar huquqini himoya qilish, butun dunyo bo‘ylab ularning hayotiga oid obektiv faktlarni qayd etish va jinslarning teng huquqliligi hamda ayollar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha global standartlarni belgilash" bilan shug‘ullanadi.
14 mart kuni qirollikda xotin-qizlar huquqi bo‘yicha shaxsiy kengash o‘z ishini boshlagani ma'lum qilingan edi. Ta'kidlash joizki, birlashma faoliyatining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ayollarning o‘zi qatnashmagan - ular erkaklar bilan videoaloqa orqali aloqaga chiqishgan.
Saudiya Arabistonida mehnat bozoridagi ayollar sonini oshirishga doir dastur amalda bo‘lib, hozirda ularning atigi 22 foizigina ish bilan band. 2030 yilga borib u yerdagi ayollar umumiy sonining uchdan bir qismini ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026