Doğistondagi maktablardan birida öquvçilardan biri granatani ehtiyotsizlik tufayli portlatib yuborişi oqibatida sakkizinçi sinf öquvçisi halok böldi va yana 11 bola jarohatlandi. Bu haqda maktab direktoriga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

Jarohatlanganlardan 3 nafari oğir ahvolda reanimatsiya bölimiga joylaştirilgan.

Hodisa Tsumadinskiy tumanidagi Agvali qişloği maktabida, kompyuter sinfida röy bergan. Ayni vaqtda voqea joyida maxsus guruh iş olib bormoqda.

«Sakkizinçi sinf öquvçilaridan biri maktabga granata olib kelgan. Natijada kompyuter sinfida portlaş röy bergan»,— degan Agvalidagi örta maktab direktori Şomil Abakarov. Uning qöşimça qilişiça, dars vaqtida granata otgan öquvçi politseya mahkamasiga olib ketilgan.