Filippin rahbari Rodrigo Duterte mahalliy sport musobaqasining oçilişi marosimidagi nutqida terrorçilarga yuzlanib, agar kerak bölsa "hayvon"ga aylanişi mumkinligini aytgan. Bu haqda National Post naşri xabar bermoqda.
Filippin rahbari, şuningdek, jangarilardan 50 karra şafqatsizroq bölişi mumkinligini qöşimça qilgan.
Özining keskin gaplari bilan ajralib turadigan Duterte bu gaplariga qöşimça tarzda bir neça kun avval yöq qilingan "Abu Sayof" terrorçilik taşkilotining yetakçisi Muammar Askali agar kayfiyati yöqligida yölida uçraganda, uning jigarini yeb qöygan bölişini hazil aralaş aytgan.
"Agar siz hayvon bölişimni istasangiz, men hayvon bölişga könikib qolganman. Men sizlar sodir etgandan 50 çandon köproq sodir etişim mumkin", deb aytgan Duterte.
Aprel örtalarida filippinlik harbiylar "Abu Sayof"ning yetakçisi, kanadalik sayyoh Jon Ridsdel va nemis Yurgen Kantnerning qatl etilişlari uçun javobgar bölgan Muammar Askalining yöq qilinganini ma'lum qilişgandi.












