16 avgust Somali poytaxti Mogadişoda terrorçilarning Elite Hotel mehmonxonasiga hujum qilişi oqibatida kamida 10 kişi halok böldi, 30 dan köproq kişi yaralandi.
AFP axborot agentligining xabar berişiça, poytaxt elitasi orasida ommalaşgan mehmonxona oldida dastlab portlovçi moddalar bilan töldirilgan maşina portlatilgan. Söngra qurollangan kişilar mehmonxona binosi içiga bostirib kirib, u yerdagi odamlarni garovga olgan.
Mahalliy OAV xabariga köra, jangarilar mehmonxonaning 5-qavatida garovga olinganlar bilan birga qamalib olgan. Ular va voqea joyiga kelgan maxsus kuçlar orasida otişma yuz bergan. Natijada barça terrorçilar yöq qilingan.
Ta'kidlanişiça, qurbonlar soni oşişi mumkin. Somali hukumati hujumda “Aş-Şabob” terrorçi guruhini ayblamoqda.

















