2019 yil boşidan beri dunyoda sodir etilgan eng yirik teraktlar oqibatida 9 mingdan köproq odam halok bölgan. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” naşriga intervyuda Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari Yuriy Kokov ma'lum qildi. 

Uning ta'kidlaşiça, 2018 va 2019 yillarda 70 ga yaqin davlat 5 mingdan köproq yirik teraktni boşdan keçirgan. Terrorçilar hujumi oqibatida 30 mingga yaqin odam jabrlangan.

“Joriy yilda 2 mingta eng yirik terakt oqibatida 9 mingdan köproq odam halok bölgan, 11 mingdan köproği yaralangan”, deb xabar bergan Kokov.  

Uning ta'kidlaşiça, terrorçilarning asosiy nişoni xalqaro terrorçilikka qarşi kuraşda eng köp hissa qöşgan davlatlar bölib qolmoqda.