Nigerning Mali bilan çegarada joylaşgan Taxua tumanida terrorçilarning qişloqlarga uyuştirgan hujumi oqibatida 137 kişi halok böldi. Hujum 21 mart kuni sodir etilgan. 

Reuters axborot agentligining xabar berişiça, bu oxirgi vaqtda mamlakatda sodir etilgan eng ommaviy qotilliklardan biri böldi. Bir hafta içida hujumlar qurbonlari umumiy soni 236 nafarga yetgan. 

Mamlakatda qurbonlar xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilingan. 

“Qurollangan jinoyatçilar tinç aholiga muntazam zarbalar berib, şafqatsizlik va dahşatning yangi bosqiçiga çiqmoqda”, deb aytgan hukumat vakili.

Niger hukumati hujum ortida kim turganiga aniqlik kiritmagan. Ma'lumotlarga köra, hujumni IŞID a'zolari amalga oşirgan bölişi mumkin. Taxua Nigerning “Buyuk Sahroi Kabirda IŞID” va boşqa terrorçi guruhlar eng faol bölgan hududlaridan biri hisoblanadi.  

Niger Afrikaning Sahel viloyatida joylaşgan va terrorçilik faoliyati hamda noqonuniy migratsiya avj olgani sababli “qora qit'a”dagi eng muammoli davlatlardan biri hisoblanadi. 2014 yilda Fransiya uşbu hududda “Barxan” deb nomlangan aksilterrorçilik amaliyotini boşlagan. Uşbu missiyani “Sahel beşligi” davlatlari - Burkina-Faso, Mavritaniya, Mali, Niger va Çad qöllab-quvvatlab keladi.