22 aprel kuni Fransiyaning dengiz ortidagi hududlarida prezident saylovi boşlangandi. Ayni vaqtga kelib uşbu hududlarda ötkazilgan ovoz berişlar natijalari ma'lum bölgan.
RTBF telekanali ma'lumotiga köra, Sen-Per va Mikelonda «Böysunmas Fransiya» harakati rahbari Jan-Lyuk Melanşon 35,45 foiz ovoz töplagan, Fransiya prezidentligiga «Milliy front» partiyasidan nomzod bölgan Marin Le Pen — 18,16 foiz ovoz olgan, mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron — 17,97 foiz, Fransiyaning sobiq boş vaziri Fransua Fiyon — 9,32 foiz saylovçining qöllab-quvvatloviga ega bölgan.
Martinikada Melanşon 27,36 foiz ovoz bilan ustunlikka erişgan, Makron — 25,53 foiz, Fiyon — 16,85 foiz, Le Pen — 10,94 foiz ovoz olgan.
Frantsuz Gvianasida Melanşon 24,72 foiz kişining işonçiga sazovor böldi, Le Penga — 24,29 foiz, Makronga — 18,75 foiz, Fiyonga — 14,66 foiz kişi işonç bildirgan.
Gvadelupada Makron ustun kelgan — 30,32 foiz. Melanşon — 23,99 foiz, Fiyon — 14,87 foiz, Le Pen — 13,47 foiz töplagan.
Saylovçilar röyxatida qayd etilgan 45 milliondan ortiq fransuz 11 nomzod orasidan 7 may kuni ikkinçi bosqiçda prezidentlik lavozimi uçun kuraşadigan ikki nafar nomzodni aniqlab beradi.
Prezidentlik poygasida «Marşda» harakati asosçisi Emmanyuyel Makron va «Milliy front» yetakçisi Marin Le Pen yetakçilik qilgandi. Oxirgi sörovlar aynan şu siyosatçilarda ikkinçi bosqiçga çiqiş imkoniyati köproqligini körsatgandi.













