Fransiya prezidentligi saylovida sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanyuel Makron va «Milliy front» partiyasi yetakçisi Marin Le Pen ikkinçi turda iştirok etadi. Ekzit-pollar natijalari RTBF telekanalida e'lon qilindi.

Sörovlar natijalariga köra, Makron 24 foiz ovoz olgan, Le Pen esa — 22 foiz.

«Respublikaçilar» partiyasi vakili Fransua Fiyon 20,5 foiz, yana bir nomzod Jan-Lyuk Melanşon esa 18 foiz ovoz olgan.

Bundan avvalgi xabarlarda Fransiyaning dengiz orti hududlaridagi ovoz berişlar natijalariga köra Jan-Lyuk Melanşon yetakçilik qilgani aytilgandi.

Ikkinçi tur 7 may kuni bölib ötadi.