Fransiyada ötgan prezidentlik saylovlarining 1-bosqiçida "Olğa" harakati asosçisi Emmanuel Makron "Milliy front" partiyasi yetakçisi Marin Le Pendan özib ketdi.
Mahalliy vaqt böyiça soat 22.34da olingan ma'lumotlarga köra, 26,1 mln ta ovoz beriş byulleteni (70 foizga yaqin) hisob-kitob qilingandan keyin Makron 23,11 foiz, Le Pen esa 23,08 foiz ovoz oldi.
Şuningdek, Fransua Fiyon 19,81 foiz, Jan-Lyuk Melanşon esa 18,62 foiz ovoz töplagan.
Makron özining ğalaba qilganini e'lon qildi va ikki haftadan keyin barça fransuzlarning prezidenti böliş istagini ta'kidlab ötdi. Makron şuningdek, 1-bosqiçda mağlub bölganlarini tan olib, unga qöllab-quvvatlov bildirgan raqiblariga minnatdorçilik bildirdi.
"Men Fransua Fiyon va Benua Amonga qöllab-quvvatlaganlari uçun minnatdorman", deb aytdi Makron.
"Ertadan boşlab men barça fransuzlarni birlaştiriş kampaniyasini boşlayman", deb qöşimça qildi ğolib.
Şuningdek, Fransiya prezidenti Fransua Olland Makron bilan boğlanib, uni ğalaba bilan tabrikladi.
Yelisey saroyida Olland yaqin fursatlarda saylovlarning 1-bosqiçi natijalari böyiça rasmiy bayonot bilan çiqişi ta'kidlab ötildi.
Prezidentlik saylovlarining 2-bosqiçi 7 may kuni bölib ötadi.













