Yoşi uluğ nuroniylarni e'zozlaş xalqimizning ezgu qadriyatlaridan sanaladi. Ularni e'zozlaş esa har birimizning burçimizdir.
Bugun Andijon viloyat, Izboskan tumani Poytuğ şahrida yaqinlaşib kelayotgan Xotira va Qadrlaş kuni oldidan “Nuroniylar maskani” majmuasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tuman hokimligi sa'y-harakatlari bilan şahar markazidagi istirohat boğida bunyod etilgan keksalarimiz uçun maskan, yangiça köriniş kasb etgan xotira xiyobonini taqdim etiş tadbirida ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, mehnat faxriylari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.


“Nuroniylar maskani”da keksa otaxon va onaxonlarimiz uçun barça qulayliklar yaratilgan. Şarqona uslubda qurilgan muhtaşam va şinam binoda kutubxona, şaxmat- şaşka xonasi, sport anjomlari bilan ta'minlangan kiçik zal, tibbiyot va dam oliş xonalari nuroniylar xizmatida.




Oçiliş marosimida söz olgan viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bağrikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlaş, yoş avlodni milliy an'analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptiriş hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nişonlaş töğrisida sözlab, maskanni işga tuşişida samarali mehnat qilgan Uluğbek Rahimov boşçiligidagi tuman hokimligi mutasaddilarga minnatdorçilik bildirdi.




















