«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionatining 33-turidan örin olgan «Real»ga qarşi uçraşuvda (3:2) ikkita töp kiritib, jamoasi ğalabasini ta'minladi.
Bu gollar Messining «Barselona» tarkibidagi 499 va 500-goli böldi. Natijada futbolçi yangi yubiley natijani qayd etdi.
Messi bu gollarning 343tasini La-ligada, 94tasini YeÇLda, 43tasini Ispaniya kubogida, 12tasini Ispaniya superkubogida, 5tasini klublar örtasidagi JÇ va 3tasini Yevropa superkuboki uçraşuvlarida kiritgan.
Histórico #Messi... ¡500 goles con el @FCBarcelona_es!#ElClasico pic.twitter.com/2qfq662spp
— LaLiga (@LaLiga) April 23, 2017












