Madridning «Real» jamoasi öz tarixida ilk bor Primera doirasida öz uyida ötkazilgan uçraşuvda qöşib berilgan daqiqalarda mağlubiyatga uçradi.
«Barselona» bilan «Santyago Bernabeu» stadionida keçgan 33-tur uçraşuvining birinçi bölimida jamoalar bittadan gol kiritdi, Kasemiro va Lionel Messi öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Ivan Rakitiç 75-daqiqada kataloniyaliklarni hisobga oldinga olib çiqdi. «Real» Serxio Ramos çetlatilganidan söng, 77-daqiqadan boşlab bir kam öyinçi bölib harakatlana boşladi, biroq madridliklar Xames Rodriges yordamida 85-daqiqada hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi. Öyinga qöşib berilgan vaqtning ikkinçi daqiqasida esa Messi kataloniyaliklarga ğalaba keltirdi.
Messi nomidagi «El-Klasiko». «Barselona» peşqadamlikka qaytdi












