Madridning «Real» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu «Barselona»ning uçinçi golni kiritişidan söng juda qattiq ğazablangan, deya xabar bermoqda Marca.

Hisob 2:2 bölib turganda, 92-daqiqada «Barselona» tezkor qarşi hujum uyuştirgan va yakunda Lionel Messi aniq zarba bilan öyinga nuqta qöygandi.

«Çalib yiqitiş kerak edi», — deya qiçqirgan Ronaldu goldan söng öz şeriklariga.

Eslatib ötamiz, uşbu öyindan keyin ikki jamoa hisobida 75tadan oçko mavjud, biroq madridliklar bitta öyin kam ötkazişgan.