Apple rahbari Tim Kuk 2015 yilda Uber asosçisi Trevis Kalanikka uning ilovasini App Store'dan öçirib taşlaş bilan tahdid qilgandi, zero kompaniya iPhone egalarining konfidentsialligi töğrisidagi qoidalarni buzgan. The New York Times şu haqida xabar berdi.
Kuk Kalanikni öz idorasiga çaqirgan, zero u Kalanikning App Store moderatorlari Uber'ning kuzatiş vositalarini aniqlay olmasligi uçun öz xodimlariga ilovada zaiflik topiş topşiriğini berganidan xabar topgandi. Uber'da ta'kidlanişiça, foydalanuvçilarni kuzatiş dasturi asosan xitoylik taksi haydovçilarining firibgarligiga çek qöyiş maqsadida qöllangan.
Naşrda ma'lum qilinişiça, vosita smartfon egasi hatto Uber ilovasini öçirib taşlaganidan keyin ham uni kuzatişda davom etgan.
Kalanik Kuk bilan uçraşib, tavakkal qilmaslikka qaror qilgan va dasturga çek qöygan, çunki Uber uçun App Store'dan öçiriliş butun dunyo böylab millionlab mijozlarning yöqotilişini anglatar edi.

















