Çeçeniston muftiysi Saloh Hoji Mejiyev Damaşqda Suriya prezidenti Başar Asad bilan uçraşdi. Bu haqda Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.
Uning aytişiça, Asad Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirov Mintaqaviy jamoatçilik fondi tomonidan amalga oşirilayotgan yordam va qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik bildirgan.
Bundan taşqari, Suriya prezidenti Halab va Damaşqda yetim bolalar uçun boşpanalar quriş qarori uçun ham minnatdorçilik izhor etgan.
Qodirovning sözlariga köra, uçraşuv davomida Grozniyda Damaşq universiteti filialini oçiş haqida kelişuvga erişilgan.












