11:51 / 25.04.2017
4636

Xitoyda sayyohlar suvosti kemasiga tushishi mumkin bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti

Xitoyning ilk atom suvosti kemasi bo‘lmish "Chanchjen-1" Tsindao shahridagi harbiy-dengiz kuchlari muzeyga topshirildi. China Daily xabariga ko‘ra, tashrif buyuruvchilar endi uning ichiga kirib, uni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Xitoyning ilk atom kemasi 1974 yilning avgustida qurollantirilib, suvga tushirilgandi.

Bundan oldinroq kema armiyadan chiqarilib, Shandun viloyati Tsindao shahridagi muzeyga jo‘natilgani ma'lum qilingandi.

Ba'zi manbalarga ko‘ra esa "Chanchjen-1" 2013 yiliyoq Xitoy xalq ozodlik armiyasidan chiqarilgandi.

Mavzuga oid
Top