Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland prezidentlik saylovlarining birinçi turi natijalari böyiça fikrlarini bildirib ötdi.
Saylovdan keyingi kunda maxsus çiqiş qilgan prezidentning fikriça, «Milliy front» partiyasi rahbari Marin Le Pen ikkinçi turga ötgani Fransiya uçun «xavf tuğdiradi».
23 aprel kuni bölib ötgan saylovlarda Makron 23,75 foiz, Le Pen 21,53 foiz ovoz töpladi. Şu tariqa ular 7 mayda prezidentlik kursisini egallaş uçun özaro kuraşni davom ettiradigan böldi.
Prezidentning fikriça, öta öng kuçlar «Fransiyani terror tahdidlari qarşisida bölib yuborgan va fuqarolarning erkinliklarini tahdid ostida qoldirgan».
«Ikkinçi turda öta öng kuçlarning bölişi jiddiy xavf va bu xavfga tayyorlaniş, töğri tanlovni amalga oşiriş kerak.
Agar Marin Le Pen prezidentlikka saylanib, öz dasturini hayotga tatbiq etadigan bölsa, fransuzlarning hayoti oğirlaşadi», — degan prezident.
U 7 may kuni ötkaziladigan ikkinçi turda «Marşda» harakati yetakçisi Emmanuel Makron uçun ovoz berişini ma'lum qilgan.
Emmanyuel Makron qadriyatlarimizni himoya qila oladi va oğir davrda fransuzlarni birlaştira oladi. Men unga ovoz beraman», — degan Olland.












