Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya aviatsiyasi Suriya va Iroq hududidagi kurdlarga zarba berdi
Turkiya Harbiy havo kuchlari 25 aprel tongida Suriya shimoli hamda Iroqda kurdlarning pozitsiyalariga davomli zarbalar yo‘lladi.
Turkiya Bosh shtabining ma'lum qilishicha, Iroq shimolidagi Sinjar tog‘lari hamda Suriya shimoli-sharqidagi Qorachoq tog‘larida o‘tkazilgan amaliyotlar natijasida Kurdiston ishchilar partiyasining obektlari yo‘q qilingan.
«Suriya va Iroqdagi KIP terrorchilari shimoldagi hududlardan Turkiyaga jangarilar, qurollar va portlovchi moddalar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi», deyilgan Turkiya Bosh shtabi xabarida.
Kurdiston ishchilar partiyasi Turkiyada terrorchi guruh sifatida e'lon qilingan. Anqara Suriya shimolidagi kurdlarning Xalq mudofaa otryadlarini ham KIP bilan aloqador hisoblaydi.
Kurdlarning «Rudau» telekanali ma'lum qilishicha, Turkiya samolyotlari bergan zarbalar oqibatida Xalq mudofaa otryadlarinining 18 jangchisi, shuningdek Iroqdagi peshmerg bo‘linmalarining 5 vakili halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:09 / 10.03.2026
Quruqlikdan bosqin ehtimoli: Eron bunga qanchalik tayyor?
19:10 / 04.03.2026
CNN: AQSh ma’muriyati Erondagi kurdlardan rejimga qarshi foydalanmoqchi
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026