Amerikaning Google internet giganti singari Alphabet xoldingi tarkibiga kiruvçi Waymo kompaniyasi Arizona ştati Finiks şahrida yölovçilarni muqobil maşinalarda manzillariga elta boşladi. Uşbu amaliyot sinov tariqasida ötkazilayotgani haqida Waymo kompaniyasining rasmiy saytiga joylaştirilgan bayonotda ma'lum qilingan.
Kompaniya ma'lumotlariga köra, mahalliy aholi vakillari orasidan köngillilarga sinov dasturida iştirok etiş taklif etilgan. Ular maxsus mobil ilova yordamida kompyuterda boşqariladigan Waymo avtomobilini çaqirişi va kun mobaynida undan bepul taksi sifatida foydalanişi mumkin böladi.
Albatta, kompaniya dasturda neça kişi iştirok etayotganiga oydinlik kiritmagan. Biroq, kelgusida buning uçun Finiksda yuzlab kişilarni tanlab olinişi aytilmoqda. Ayni vaqtda, bu xizmat şaharning bir neça tumani bilan çegaralangan. Waymo mutaxassislari, öz avtomobillarini takomillaştiriş uçun mijozlarning e'tiroz va takliflarini inobatga olişmoqda. Ta'kidlanişiça, hozirça, uşbu muqobil maşinalarda har ehtimolga qarşi haydovçilar bor.
Waymo avtoparki 100 dona Fiat Chrysler minifurgonlaridan iborat. Ularning qançasi Finiksdagi sinovlarda qöllanilayotgani ham ma'lum qilinmagan. Maşinalarga yöl va atrofdagi vaziyatni kuzatiş imkonini beruvçi datçiklar hamda haydovçi vazifasini bajaruvçi kompyuter örnatilgan. Avvalroq, Waymo muqobil boşqaruvga ega yana 500 dona avtomobilga buyurtma berişi haqida xabar qilgan edi.
Bir qator texnologik kompaniyalar işonçli va xavfsiz muqobil avtomobillar işlab çiqariş ustida iş olib borişmoqda. Ular orasida Volkswagen Group of America, Uber, Mercedes-Benz, Tesla, Nissan, BMW, Honda, Ford va boşqalar bor. Amerikaning bir neça ştatlarida şunday maşinalar allaqaçon sinovdan ötmoqda.












