AQŞ harbiy-dengiz kuçlari esminetsi Fors körfazida Eronning “tezyurar kemasi” bilan xavfli masofaga yaqin keldi. Fox News’ning ikki nafar amerikalik amaldorga asosan xabar berişiça, Eron kemasi USS Mahan esminetsidan taxminan bir kilometr masofadan narida suzib ötgan.
Amaldorlarning xabar berişiça, Maxan Eron harbiy kemasi bilan töqnaşuvdan qoçiş uçun öz yönalişini özgartirgan, xavf haqida signal bergan, signal raketalarini uçirgan va qurol-yaroğni şay holatga keltirgan. Eron kemasi heç qanday signallar bermagan.












