Özbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy körgazmalar zalida Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning haykali loyihasini yaratiş böyiça Xalqaro badiiy tanlov iştirokçilari va ğoliblariga diplomlar hamda sertifikatlar topşiriş marosimi bölib ötdi. 

Unda tanlov taşkilotçilari bilan birga uşbu xayrli işda faol qatnaşgan haykaltaroşlar ham iştirok etişdi.

Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tanlovning barça iştirokçi hamda ğoliblarini samimiy qutlab, eng munosib işlarni aniqlaş juda qiyin bölganini ta'kidladi.

Şuningdek u haykaltaroşlar oldida ulkan vazifalar turganini alohida qayd etdi. A.Nur barça haykaltaroşlarni kelgusida Ş.Raşidov, A.Oripov, O.Şarafiddinov, S.Ahmad va S.Zunnunova, M.Yusuf haykallarini yaratiş böyiça tanlovlarda faol qatnaşişga çaqirdi. 

Xalqaro badiiy tanlov yakunlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay'ati taqdim qildi. Mustaqil komissiya bu yönalişda katta işlar qilib, öz xulosasini bayon etdi.

Tanlov ğolibi, Ilhom Jabborov asari

Tanlovda aksariyat ovozlarni töplaşga muvaffaq bölgan  haykaltaroş Ilhom Jabborov ğolib böldi. Ikkinçi örin - yoş haykaltaroş Jasvand Annazarovga, uçinçi örin esa - Tölagan Tojixöjayevga nasib etdi. Barça ğoliblarga mukofot pullari topşiriladi. Şuningdek rağbatlantiruvçi sovğalar egalari ham pul bilan mukofotlanadi. Bular - Yorqulov Tölagan, Axmetzyanov Farit, şuningdek janubiy koreyalik haykaltaroşlar Kang Çul Xi, Li Çong An va Çung Yung Su.

Barça iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi.