Antarktikadagi muzliklarning bunday tez erişi va ularda ulkan yoriqlarning paydo bölişiga kuçli issiq şamollar sabab böldi. Yevropaning Yer haqidagi ilm-fan ittifoqi konferensiyasida qatnaşgan olimlarning fikriça, bu şamollar yoz va bahor mavsumlarida muzliklar yuzasini doimiy ilitadi.
"Biz bunga qadar ham Antarktida muzliklarining köpiçna yozda erişini bilar edik. Biz fyon-şamollarning (toğli joylarda esadigan issiq quruq şamol) sentabr oyidayoq, Antarktikada yoz boşlanişiga uç oy qolganda esişini aniqladik, muzliklar şu paytdan boşlab eriy boşlaydi. Endi esa biz bu şamollarning deyarli muntazam esişidan boxabar böldik, bu ularning muz qalqonlar holatiga qançalik ta'sir körsatişini baholaşda yordam beradi", - dedi Britaniyaning Antarktika ekspeditsiyasi a'zosi Jyenni Terton.
Fyon-şamollar köpinça toğlarda uçraydi. Ular issiq va quruq havo oqimidan iborat bölib, toğlarning tepasidan pastki qismi tomon harakatlanadi. Şu şamollar tufayli toğlar iqlimi köpinça kutilganidan-da yumşoq böladi. Biroq ular ba'zi holatlarda qor va muzlar erişini tezlaştirib, köçkilar hamda suv toşqinlarini ham keltirib çiqarar ekan.
Terton va uning hamkasblari fyonlar - Antarktikadagi iqlimning boş "dirijyorlari"dan biri ekanini aniqlaşdi. Ular bunday şamollarning Larsen muzligi (Antarktida muz qalqonining eng zaif nuqtalaridan biri) hududida qançalik tez paydo bölişini örganişdi. Uşbu muz massivning ikki yirik bölagi 1995 va 2002 yillarda muzliklardan dengizga ajralib çiqqan.
Ob-havo stansiyalarining sönggi beş yildagi Larsen muzligini kuzatiş böyiça tahliliy ma'lumotlarining körsatişiça, fyonlar köpinça yozgi va bahorgi mavsumlarda kutilmaganda esar ekan. Ular materikka olimlar taxmin qilganidan-da çuqur kirib borar ekan.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, fyonlar, şuningdek erigan suvlarning köl va irmoqlari muzliklarning yuqori qismida köplab ulkan yoriqlarning paydo bölişiga sabab bölişi mumkin.












