Dunyoning barça davlatlarida aholini röyxatga oliş tizimi mavjud. Bu eng avvalo tartib-intizom, xavfsizlik uçun zarur. Inkor etilmas, isbot talab qilmas haqiqat. Ammo hamma joyda ham doimiy yoki vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma oliş bir-birini inkor etuvçi talablar, bir dunyo hujjat, ado bölgan asablar, behuda uçgan vaqt kerak bölmaydi. Buni çet elda yaşayotgan minglab vatandoşlarimiz tasdiqlaydi. Keling, asosan Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida muammoga aylangan propiska tizimidagi boşqa aksiomalar haqida ham töxtalsak.
Toşkentda vaqtinçalik propiskaga qöyiş uçun iş joyidan ma'lumotnoma kerak, işga kiriş uçun esa propiska. Buni heç qanday söz bilan izohlab bölmaydi. Mantiqsizlik, tamom!
Özbekiston Konstitutsiyasida har bir fuqaro mamlakatning istalgan qismida yaşaş huquqiga ega ekanligi belgilab qöyilgan. Biroq qonunda belgilangan holatlar bundan istisno deb şu yerning özida uşbu huquqlar çegaralangan.
Toşkentda 5 kundan ortiq propiskasiz yaşab bölmaydi. Ammo Toşkentga qaçon kelgani, qaçon ketişi isbotlovçi tizim mavjud emas. Deylik, siz Toşkentga bugun öz maşinangizda keldingiz. Buni sizni mahallalardan birida tutib olgan uçastkavoyga qanday isbotlaysiz? Pasportingizga Toşkentga kirişda muhr urib berişsa ekan, qonunni buzganingizga asos bölsa.
Propiskaga qöydiriş 5 kun içida amalga oşirilişi kerak. Bu talabni işlab çiqqan “daho”lar inson omilini qaylargadir uloqtirib yuborişgan. Barça zarur hujjatlarni tayyorlaş, tasdiqlaşdan taşqari, mutasaddilar oldida navbat kutişlar, sansolarliklar, iş vaqtlarining çeklangani, xullas, qarama-qarşi holatlar jarayonning haftalab, oylab çözilişiga ham olib keladi. Siz esa 5 kun içida yo propiskaga qöyişingiz, yo kelgan joyingizga qaytib ketişingiz kerak.
Toşkent – Özbekiston poytaxti. Heç qaysi qonunda respublika darajasidagi taşkilotlarda faqat toşkentliklar işlaşi şart, deb yozib qöyilmagan. Şu bilan birga, hamma davlat organlari rahbarlari ham asl toşkentlik bölmagan. Bu yerda “tramvay effekti” deb nomlangan ajoyib hodisani kuzatiş mumkin. Tasavvur qiling, siz bekatda intizorlik bilan tramvayni kutayapsiz. U tölib-toşib keldi. Amallab unga kirib oldingiz, eşiklar yopildi. Şu yerda sizning muammongiz tugadi. Endi siz tezroq manzilingizga yetib borişni xohlaysiz xolos. Iloji bölsa tramvay boşqa bekatlarda töxtamasa, boşqa yölovçilarni olmasa: şusiz ham tiqilinç, vaqt ketayapti, işga keçikişingiz mumkin. Biror respublika taşkilotiga işga kirib, doimiy propiskaga qöydirvolgan amaldorlarga ham boşqalarning taşvişi mutlaqo ahamiyatsiz bölib qoladi.
Toşkentda biror işga kirmoqçi bölsangiz, sizdan ma'lumotingiz, iş tajribangiz, erişgan natijalaringiz, qölingizdan nima iş kelişi emas, balki propiskangiz bor yoki yöqligi söraladi. Eng katta mantiqsizliklardan biri şu. Qölida diplomi, çet elda malaka oşirgani töğrisida sertifikati, erişgan natijalari haqidagi şahodatnomalardan propiska degan oddiygina muhr, bir parça qoğoz ustun turadi. Yoki aksinça, sizni Toşkentdagi biror korxona yoki davlat taşkiloti rahbari, deb tasavvur qilaylik. Işingiz rivoji, katta daromad olib, raqobatga doş berişingiz uçun sizga malakali kadrlar kerak. Har kuni sizga iş sörab oltindan qimmat kadrlar keladi. Siz orzu va tasavvur qilgan mutaxassislar. Ammo pasportidagi “tamğa” sababli ularni işga olişga haqqingiz yöq.












