«Real» jamoasi matbuot xizmati jamoaning bir guruh fanatlari mavsumiy abonementlarini qoidalarni çeklab ötgan holda sotgani aniqlangani haqida xabar berdi.

«Real»ning «Barselona»ga qarşi uçraşuvidan keyin noqonuniy harakatlar sodir etilgani yuzasidan 1450ta iş oçilgan..

Klasiko bahsidan keyin madridliklar klubi rahbariyati vakillari huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda iş olib bordi.

Aniqlanişiça, öyindan oldin «Real»ning 1500 nafarga yaqin muxlisi öz abonementlarini «Barselona» fanatlariga sotgan. Natijada mehmon jamoa muxlislarining ba'zilari «Real» futbolkalarini kiyib, mahalliy muxlislar ötiradigan tribunaga kirgan. Messi gol urganida esa ular şod-xurramlik bilan nişonlaşgan.

Ayni paytda, «Real» bu qoidabuzarlikka yöl qöygan 357 nafar muxlisning abonementini bekor qildi. 
 
Ispaniya çempionatining 33-turidan örin olgan «Real» - «Barselona» (2:3) öyinida Messi sönggi daqiqada gol urib, jamoasiga ğalaba keltirgandi. Şundan söng «Real»ning fanatlar tribunasida ötirgan bir qança muxlislar uning golini xursandçilik bilan nişonlaşgandi. Bu esa madridlik muxlislarning e'tiroziga sabab bölgandi.