Saudiya Arabistoni hukumati Suriya birligi va BMT XKning 2254 rezolyutsiyasiga rioya etilişi tarafdoridir. 

Bu haqda Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan ötkazgan muzokaralardan söng ma'lum qildi. 

"Suriyaga töxtaladigan bölsak, biz uşbu mamlakat birligini saqlab qoliş zarurligini, mamlakatni inqirozdan olib çiquvçi siyosiy yeçim topiş kerakligini muhokama qildik. Bu qaror Jyeneva-1 va BMT Xavfsizlik kengaşining 2254 sonli rezolyutsiyasiga asoslanişi lozim", - deb qayd etgan vazir. 

Uning sözlariga köra, Saudiya Arabistoni Suriya muxolifati bilan uşbu mamlakat aholisiga gumanitar yordamlarni yetkazişda hamkorlik qilmoqda. Bundan taşqari, Saudiya Suriyada kimyoviy qurol qöllanilganiga doir ehtimolni tekşiriş tarafdori. 

Al-Jubayr, şuningdek, Suriyada "Hizbolloh"ga örin yöqligini aytar ekan, Ar-Riyod Eronning mintaqadagi işlarga aralaşişiga çek qöyişni istayotganini ta'kidlagan.