AQSh qit'alararo ballistik raketa Minuteman III sinovini o‘tkazdi. Bu haqda RT amerikalik harbiylarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Raketa Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan uchirilgan.

Avvalroq OAV AQSh harbiy-havo kuchlari 26 aprelda ballistik raketani sinovdan o‘tkazmoqchiligini ma'lum qilgandi.