“Xotira va qadrlaş kun” oldidan Andijon viloyatining barça tumanlarida katta tantanalar bölib ötmoqda. Joylarda ötkazilayotgan keng kölamli tadbirlarda ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan yurtdoşlarimizga ehtirom körsatilib, uruş ortida xizmat qilgan insonlar hamda mehnat faxriylari holidan xabar olinayotir.

Uç kun davomida Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov barça tumanlarda bölib, jamoatçilik vakillari bilan birgalikda el ardoğidagi insonlarga Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida” qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq bir martalik mukofot pullari hamda navbatsiz beriladigan avtomaşinalarning kalitlarini topşirdi.

Maşvaratlarda taşkil etilgan dasturxon atrofida Vatanni uluğlovçi  qöşiqlar, badiiy kompozitsiyalar namoyiş qilindi.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon