Xitoy harbiy kuçlari (HK) armiya guruhlari sonini 18 tadan 13 tagaça qisqartiradi. Bu haqida XXR Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Yan Yuytszyunning sözlariga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi.
"Bunday özgarişlar mamlakatimizda yangi turdagi modernizatsiyalaşgan armiyalarni yaratiş sari qöyilgan asosiy qadamdir. Natijada Xitoy harbiy kuçlari son emas, sifat tamoyiliga köra şakllanadi, bu esa ularning samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi", - deya ta'kidladi u.
2015 yilning noyabrida XXR raisi Si Tszinpin armiyada keng kölamli islohotlar kutilayotgani haqida aytgan edi. 2018 yilga borib harbiy kuçlar soni 300 ming kişiga qisqariş bilan birga, HK taşkiliy-ştat tuzilmasida ham özgarişlar kuzatiladi, ularning 2020 yilga borib tugallanişi ma'lum qilingan.
Bir vaqtning özida Xitoyda armiya ehtiyojlariga sarflanadigan xarajatlarning ösişi kuzatilmoqda: joriy yilda ular taxminan 7 foiz (mamlakat YaIMdan 1,3 foiz) ga ösib, - 1 trillion yuandan (145 milliard dollardan) oşadi.












