Ispaniya çempionati 34-turining yana 3ta öyini ötkazildi. 

"Real Madrid" "Deportivo" maydoniga safar qilib, 6:2 hisobdagi yirik ğalabaga erişdi. 

Öyinning 1-daqiqasida Morata hisobni oçgan bölsa, 14-daqiqada Xames oradagi farqni 2taga yetkazdi. Mezbonlar 34-daqiqada Andonening goli evaziga hisobni qisqartirişdi, biroq Vaskes birinçi bölim oxirida jamoasining 3-golini kiritdi. 66-daqiqada Xames dublga erişib, hisobni yirik körinişga olib kelgan bölsa, 77-daqiqada Isko uni yanada mustahkamladi. Mezbonlarning 2-goliga zaxiradan maydonga tuşgan Xoselu kiritgan bölsa, madridliklarning sönggi goli Kazemiro tomonidan kiritildi. 

Deportivo – Real Madrid 2:6
Gollar: 0:1 – 1 Morata, 0:2 – 14 Xames, 1:2 – 35 Andone, 1:3 – 44 Vaskes, 1:4 – 66 Xames, 1:5 – 77 Isko, 2:5 – 84 Xoselu, 2:6 – 87 Kazemiro.
Deportivo – Lyuks (Tyton, 46), Arribas, Sidney, Luizinyu, Xuanfran, Bergantinos, Gilerme, Çolak, Xil (Xoselu, 57), Kakuta (Navarro, 46), Andone.
Real Madrid –    Kasilya, Varan (Texero, 88), Marselo, Danilo, Naço, Isko (Kazemiro, 79), Kovaçiç, Asensio (Dias, 79), Xames, Vaskes, Morata.
Ogohlantirişlar: Arribas (67), Isko (68), Xoselu (90), Çolak (90).

Qolgan uçraşuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Leganes – Las-Palmas 3:0
Gollar: 1:0 – 55 Lusiano, 2:0 – 59 Gerrero, 3:0 – 61, penalti Lusiano.

Valensiya – Real Sosedad 2:3
Gollar: 0:1 – 1, avtogol Diyego Alves, 0:2 – 30, penalti Villian Joze, 0:3 – 65 Oyarsabal, 1:3 – 68, penalti Nani, 2:3 – 72 Dzadza.