Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia tarmoq bozori tiklanishi fonida I chorakda Ericsson’dan o‘zdi
Foto: Reuters
Finlyandiyaning telekommunikatsion uskunalar ishlab chiqaruvchi Nokia kompaniyasi bugun savdolarning kamayish sur'ati pasayganini aytib, global tarmoq bozori ayniqsa Shimoliy Amerika va Hindistonda tiklanish nishonalarini namoyish etayotganini qayd etgan.
Nokia choraklik ko‘rsatkichlar bo‘yicha shveytsiyalik raqobatchisi Ericsson’dan o‘zgan va tahlilchilarning fikricha, yaqinda fransuz-amerika raqobatchisi Alcatel-Lucent’ning xarid qilinishi ortidan kelajakda mijozlarni jalb etish borasida yaxshi imkoniyatlarga ega.
Nokia biznes tobora rivojlanmoqda va o‘tgan chorakdagi 14 foizlik susayishga solishtirilganda, tarmoq uskunalarining savdosi bu safar 6 foizga kamaygan.
Ericsson esa birinchi chorakda tarmoq biznesidagi daromad 13 foizga kamayganini e'lon qilgan edi.
"Biz daromadning tushish sur'atini sekinlashtirdik va biz uchun past savdo mavsumi hisoblanuvchi birinchi chorakda yaxshi buyurtmalar hajmiga ega bo‘ldik», — dedi jurnalistlarga Nokia rahbari Rajiv Suri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Amerika va Hindiston bozoridan umid katta, vaziyat shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyoning ba'zi qismlarida o‘nglanib bormoqda.
“Xitoyda ba'zi bir imkoniyatlarga egamiz, biroq bu bozor biz uchun doim muammoligicha qolaveradi”, — degan u.
Mavzuga oid
15:03 / 30.07.2025
Nokia smartfonlar bozoriga qaytishini e’lon qildi
11:16 / 17.01.2025
Nokia smartfonlari sotuvdan olib tashlandi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
19:31 / 05.03.2024