Rossiyaning Kaliningrad şahrida mamlakat FXX tomonidan “Islom jihodi – mujohidlar jamoati” terrorçilik guruhining 12 nafar a'zosi qölga olindi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, markaziy osiyolik fuqarolar mazkur terrorçilik taşkiloti a'zolari bölişi mumkin.

Rossiya maxsus xizmatlarining xodimlari Özbekistonda qidiruvda bölgan va mazkur guruh yetakçisi hisoblangan şaxsni aniqlaşgan. Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan berilgan ma'lumotga köra, u Kaliningrad viloyati aholisi, şuningdek, Markaziy Osiyodan kelgan fuqarolarni terrorçilar guruhi safiga yollaş bilan şuğullangan.


Qölga olinganlar zarur körsatmalarni berişmoqda. Jumladan, ular öz qarindoşlari va yaqinlarining terrorçilik guruhlaridagi harakati haqidagi ma'lumotlarni ham taqdim etişgan.